Fotograflar va 18 yoshdan oshgan talabalar uchun Canon talabalarni rivojlantirish dasturi.

"Registon" o’quv markazi tuman va shahar xalq ta’limi bo’limlari bilan memorandumlar imzolagan.– Registon ta'lim loyihasi
Fotograflar va 18 yoshdan oshgan talabalar uchun Canon talabalarni rivojlantirish dasturi.
Bu katta miqdordagi pul mukofoti, Canon mahsulotlari va sayohatni qo‘lga kiritish imkoniyatidir!
Talablar:
- Dasturga 18 yosh va undan katta bo‘lgan, o‘quv muassasida ta’lim olayotgan yoki bitiruvchi bakalavriat talabalari, agentlik/jurnallarda stajyorlar yoki professional fotograflar qatnashishi mumkin. O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
Foydali tomonlari:
- 3 kunlik onlayn seminarlar (100 ta grant);
- Muvaffaqiyatli ishtirokchilar uchun Fransiyaning Perpignan shahrida 5 kunlik seminarda qatnashish imkoniyati;
- Germaniyaning Gamburg shahriga 3 kunlik sayohat, 2000 yevro miqdoridagi pul mukofoti va 9000 yevrogacha bo‘lgan Canon mahsuloti.
Safar davomida sayohat, ovqatlanish, turar joy va sugʻurta xarajatlari tashkilot tomonidan toʻliq qoplanadi!
Tugash muddati: 29-aprel.