“Central Asian Youth Talks and Model OSCE : Tojikistonda barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik sammit

02-oktabr 12:52
“Central Asian Youth Talks and Model OSCE : Tojikistonda barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik sammit

Muddati:

07.10.2021

Davlat:

Tojikiston

Grant turi:

Konferensiya

The Central Asian Youth Talks and Model OSCE - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning 25 nafar faol yoshlari uchun bilim va tajriba almashish tadbiri. Tadbirda faol yoshlar o‘z fikr-g‘oyalari va yutuqlari bilan o‘rtoqlashishi, o‘zaro bilim olishlari va o‘z jamoalarini rivojlantirishlari uchun mintaqaviy munozaralar olib borishlari mumkin.

Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yoshlarning hamkorligi, yoshlar muloqotini kuchaytirish va mintaqaning kelgusi rivojlanishi uchun tarmoq platformalarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar.

Dastur doirasida yoshlar, shuningdek, Model OSCE da ishtirok etishadi, shu bilan birga Xavfsizlik masalalarida OSCEning kompleks yondashuvi bilan tanishadilar, mavjud muammolarni muhokama qiladilar va ularni hal qilishda OSCEning yordami bilan muzokara va konstruktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.

Dastur davomiyligi: 29-oktyabr - 2-noyabr

Imtiyozlar:

  • Ishtirokchilar tadbirda bepul qatnashadilar;
  • Tadbir "an’anaviy" formatida o‘tkazilsa, turar joy, ovqatlanish va transport tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
  • Xalqaro sayohat xarajatlari tashkilotchilar tomonidan moliyalashtiriladi, biroq o‘z mamlakatlarida ketayotganda shaharlarga borish va qaytish ishtirokchilar zimmasiga olishlari lozim.

Kimlar qatnasha oladi:

  • Nomzod 18-25 yosh bo‘lishi va Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
  • Ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi lozim;
  • Turli darajadagi yoshlarning sammiti va modellarda qatnashgan bo‘lishi va tajribalarini boshqalar bilan bo‘lishishi kerak.

Ishtirok etish uchun ushbu ariza shaklini to‘ldirib CV va biometrik pasport nusxasi bilan birgalikda POID-Election@osce.org elektron manzilga jo‘natish kerak.

Yakuniy natijalar 14-oktyabrgacha e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: POID-Election@osce.org

Tel:+992985170145