Janubiy Koreya: 3 ta ta’lim eng arzon universitetlar
Davlat:
Janubiy Koreya
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Janubiy Koreya ko‘p narsalar bilan tanilgan bo‘lsa ham, ko‘pchilik K-Pop yoki Koreys pop madaniyati bilan doimo dunyo odamlari e’tiborida turishi ayni haqiqat. Bundan tashqari, Koreya o‘zining ta’limga bo‘lgan e’tibori va ta’lim tizimining yuqori darajada ekanligi bilan ham mashhur. Shu sababli ham, ayni vaqtda ko‘plab yurtdoshlarimizni ushbu yurtda ta’lim olayotgani yoki ta’lim olish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rishimiz mumkin.
OLIYGOH.UZ jamoasi ushbu postda sizlarga Janubiy Koreyadagi ta’lim to‘lovi eng arzon 3 ta universitet haqida ma’lumot taqdim etishni maqsad qildi.
1. Kangwon Milliy Universiteti
Bakalavr dasturlari uchun to‘lov:
- Bir semestrda 1,713,000 KRW (1500 AQSh dollari) dan 3,067,000 KRW gacha (2700 AQSh dollari);
Magistratura dasturlari uchun to‘lov:
- Bir semestrda 2,261,000 KRW (2000 AQSh dollari) dan 4,403,000 KRW (3800 AQSh dollari) gacha.
2. Kyungpook Milliy Universiteti
Bakalavr dasturlari uchun to‘lov:
- Bir semestrda 1,981,000 KRW (1700 AQSh dollari) dan $ 2,670,000 KRW (2300 AQSh dollari) gacha;
Magistratura dasturlari uchun to‘lov:
- Bir semestrda 2,511,000 KRW (2200 AQSh dollari) dan 4,622,000 KRW (4000 AQSh dollari).
- Tuition Fee Link
3. Chungnam Milliy Universiteti
Bakalavr dasturlari uchun to‘lov:
- Bir semestrda 1,807,500 KRW (1600 AQSh dollari) dan 2,572,000 KRWgacha (2200 AQSh dollari);
Magistratura dasturlari uchun to‘lov:
- Semestrda 2,215,000 KRW (1900 AQSh dollari) dan 4,561,000 KRWgacha (4000 AQSh dollari).
- Tuition Fee Link