Chevening : Oksford Universiteti Islomshunoslik markazida tadqiqot o‘tash uchun to‘liq qoplanuvchi grant
26.08.2021 00:05

Katta muvaffaqqiyatlar kichik qadamlar yig'indisidan iborat– Registon o‘quv markazi
Chevening Oxford Centre for Islamic Studies (OCIS) - Islom va zamonaviy musulmon jamiyatlari madaniyati va sivilizatsiyasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istagan shu sohada kuchli salohiyatli tadqiqotchilarni rag‘batlantirish uchun tashkil etilgan. Dastur 6 oy davom etadi va ishtirokchilar islom dunyosi, jumladan, islom tarixi va klassik islom fanlari va islomiy moliya kabi sohalarda yetuk mutaxassislar bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dasturga qatnashish uchun Buyuk Britaniyada qilmoqchi bo‘lgan tadqiqotlarini rejalashtirgan bo‘lishlari lozim.
Foydali tomonlari:
- Oksford Islom Markazida 6 oy tadqiqot olib borish;
- Dastur davomida yashash xarajatlari va Britaniyaga borish-kelish uchun chipta xarajatlari uchun mablag‘;
- Tadqiqot bilan bog‘liq tadbirlar uchun stipendiya;
- FCDO va Chevening kotibiyati tomonidan tashkil etiladigan madaniy tadbirlar va dasturlarda ishtirok etish huquqi beriladi.
Talablar:
- Ro‘yxatda keltirilgan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lish (O‘zbekiston bor);
- Nomzod doktorlik darajasiga yoki unga teng ilmiy darajaga ega bo‘lishi;
- Kamida 5 yillik professional va/yoki ilmiy tadqiqot tajribasiga ega bo‘lish;
- Yetakchilik va ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati;
- Dastur tugagach, Vataniga qaytib kelish;
- Ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilish;
- Britaniya fuqaroligini olgan yoki ikki davlat fuqaroligini olganmagan bo‘lishi lozim
Qo‘shmcha ma’lumot uchun:
- Ushbu ariza shaklini to‘ldirish lozim yoki donotreply@chevening.org.d va newsalerts@chevening.org pochta manzili orqali xabar jo‘natishlari
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Vistula University Merit Scholarship: Polshada bakalavriat va magistratura kurslari uchun 100% lik grant!
17.03.2023 01:17
JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 dollar oylik stipendiya olish imkoniyati!
17.03.2023 00:57