Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xitoy: Barcha bosqich talabalari uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

1.06.2021 16:11
Xitoy: Barcha bosqich talabalari uchun qisman moliyalashtirilgan grant dasturi

Muddati:

15.07.2021

Davlat:

Xitoy

Rasmiy havola:

english.scnu.edu.cn

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

South China Normal University - Xitoyda 60-o‘rinni va global miqyosda 881-o‘rinni band etib kelayotgan keng qamrovli universitet. Universitetning asosiy maqsadi noyob va xilma-xil talabalar shaharchasi madaniyatini rivojlantirish hamda o‘quv va ilmiy tadqiqotlar uchun boy o‘quv muhitini yaratishdan iboratdir.

See the source image

Universitet talabalari uchun taklif etilayotgan Guangdong Government Outstanding International Student Scholarship grant dasturi Guangdong viloyati hukumati tomonidan taniqli xalqaro talabalarni Guangdong viloyati universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichi kurslarida o‘qishlari uchun jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.

Grantga muvofiqlik talablari:

Grant dasturiga nomzodlik qilish niyatida bo‘lgan talabalardan quyidagi shartlarni bajarish va mos kelish talab etiladi:

  • Nomzodlar sog‘lig‘i yaxshi bo‘lgan xitoylik fuqarolar bo‘lishi kerak;

  • Nomzodlar bakalavriat yoki magistratura bosqichiga o‘qishga kirishlari kerak;

  • Bakalavriat talabalari o‘rta maktab yoki oliy ta’limni tamomlhanliklari haqidagi diplomiga ega bo‘lishi va 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak;

  • Magistraturaga da’vogar bakalavr darajasiga ega bo‘lishi va 35 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak;

  • Doktorantura bosqichida o‘qishga da’vogarlar magistrlik darajasiga ega bo‘lishi va 40 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak;

Grant miqdori:

Sovrindorlariga quyida ko‘rsatilgan miqdorda bir martalik grantlar taqdim etiladi:

  • Bakalavriat - 10 000 Xitoy yuani (taxminan 1,567 AQSh dollari);
  • Magistratura - 20 000 Xitoy yuani (taxminan 3,134 AQSh dollari);
  • Doktorantura - 30 000 Xitoy yuani (taxminan 4.701 AQSh dollari)

Ushbu stipendiya g‘oliblari keyingi bosqichda stipendiya arizasida ustuvor e’tiborga olinadi.

Ariza berish jarayoni:

Nomzodlar SCNU universiteti tomonidan o‘qishga qabul qilinganidan keyingina stipendiya berish bo‘yicha baholanish huquqiga ega bo‘ladilar.

  • 1-qadam: Universitet qabul bo‘limiga BU YERDAN kirish orqali ro‘yxatdan o‘ting, arizani yuboring va arizani chop eting;
  • 2-qadam: Grant olish uchun ariza formasini yuklab oling, uni to‘ldiring, chop eting va imzo qo‘ying.
  • 3-qadam: Hujjatlaringizni ariza topshirish muddati tugashidan oldin pochta orqali SCNU qabul bo‘limlariga yuboring. Pochta manzillari quyidagicha:
  • A104 xonasi, Xalqaro madaniyat maktabi, Janubiy Xitoy normal universiteti, № 55 Zhongshan Avenue, West, Guanchjou, P. R. China, Pochta indeksi: 510631
    Tel: 0086-20-85215350
    Elektron pochta: 20161043@m.scnu.edu.cn, hscic7@scnu.edu.cn

Zaruriy hujjatlar ro‘yxatini BU YERDAN bilib olishingiz mumkin.

Batafsil bu yerda