Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Cities for the future" xalqaro sammiti

6.04.2022 16:36

Muddati:

15.04.2022

Rasmiy havola:

ge.iitm.ac.in

Grant turi:

Konferensiya

"Cities for the future" xalqaro sammiti
Xalqaro yoshlar sammiti rivojlanayotgan mamlakatlardagi turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha munozaralar va innovatsion yechimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan talabalar ishtirokidagi muloqotdir. Muloqotda ushbu muammolarga yechim topishga harakat qilinadi va ishtirokchilar o‘z takliflarini ilgari surganliklari uchun e’tirof va mukofotlarga ega bo‘ladilar. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni rag‘batlantirish, ularda o‘z mamlakatlari va bugungi kunda dunyo oldida turgan turli muammolarga ijodiy yechim topish ruhi hamda tafakkur tuyg‘usini singdirish, ularning tashvishlarini zarur ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirib, samarali yechimlar yaratishdan iborat.

XALQARO YOSHLAR SAMITI MODELI:
Nomzodlar yoki jamoalar muammo bayoniga tegishli fikrning yozma nusxasini taqdim etadilar. Ishlar baholanadi va oltita ish yakuniy bosqichda qatnashish natijalari asosida saralanadi, ular jonli efirda o‘z takliflarining 10-15 daqiqalik batafsil taqdimotini taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Vaqt mintaqasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelganlardan taqdimotning video yozuvlari qabul qilinadi.

Ketma-ketlik:
a) 1-bosqich - oxirgi muddat: 2022-yil, 15-aprel.

Sohaga qiziqqan nomzodlar/jamoalar o‘z g‘oya yoki taklifini yozib yuborishadi. Ushbu taqdimotlar baholanadi va eng yaxshi 6 ta ish yakuniy bosqich uchun saralanadi.

b) 2-bosqich - Yakuniy tadbir: 2022-yil, 30-aprel.

Qisqa ro‘yxatga olingan nomzodlar o‘z g‘oyasi/taklifining batafsilroq ko‘rinishini taqdim etuvchi 15-20 daqiqalik taqdimot qilishlari kerak.

MAVZU:
Bu yilgi Yoshlar sammiti mavzusi “Kelajak uchun shaharlar”.

ISHLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
1-bosqich: yozma arizalar.

a. Ish 500 dan 750 so‘zgacha bo‘lishi kerak.
b. Ingliz tilida yozilishi kerak.
c. Iqtibosning izchil uslubiga rioya qilgan holda, matn yozishda barcha manbalarga to‘g‘ri murojaat qilish va iqtibos keltirish lozim.
d. Matn ishtirokchi(lar)ning asl ishi bo‘lishi kerak. Hech qanday plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi.
e. Tasviriy insholardan ko‘ra g‘oyalarning o‘ziga xosligi va analitik yondashuv afzalroq bo‘ladi. Iltimos, o‘ta tasviriy so‘zlardan qoching va fikrlaringizni asoslab berishga harakat qiling.

2-bosqich: Taqdimotlar.

a. Taqdimot maksimal 20 ta slayddan iborat bo‘lishi kerak (sarlavha va havolalar uchun slaydlar bundan mustasno).
b. Taqdimot uchun belgilangan vaqt 15-20 daqiqa.
c. Taqdimot ingliz tilida bo‘lishi kerak.
d. Taqdimot oxirida barcha manbalardan iqtibos keltirilishi (matn ichidagi) va tegishli tarzda ko‘rsatilishi lozim.
e. Taqdimot ishtirokchi(lar)ning asl ishi bo‘lishi kerak. Hech qanday plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi.

BITTA GURUHDAGI ISHTIROKCHILAR SONI:
Ishtirokchilar ko‘pi bilan 3 kishidan iborat guruhlarda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ular alohida ro‘yxatdan o‘tishlari ham mumkin.

MUVOFIQLIK:
Ishtirokchilar har qanday ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat yoki undan yuqori darajadagi dastur bo‘yicha ta’lim olayotgan bo‘lishlari lozim.

ISHTIROK NARXI:
Tadbirda ishtirok etish hamma uchun bepul.

RO‘YXATDAN O‘TISHNING SO‘NGGI MUDDATI:
Ishlarni topshirish orqali ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati - 2022-yil, 15-aprel.

SOVRINLAR:
• Birinchi o‘rin uchun mukofot – $1000
• Ikkinchi o‘rin uchun mukofot – $500
• Uchinchi o‘rin uchun mukofot – $250

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.