’Ustoz-2021" tanlovi - barcha ustozlar uchun 30 million so‘m va boshqa katta sovrinlar yutib olish imkoniyati
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
“Ustoz-2021” Milliy mukofoti uchun tanlov boshlandi!
Tanlov Xalq taʼlimi tizimidagi ilgʻor, ijodkor, tashabbuskor ustoz va muallimlarni saralash, ularning xalqaro miqyosdagi tadbirlarda ishtirokini ta’minlash hamda jamiyatdagi mavqeyini oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, nodavlat, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktab, ixtisoslashtirilgan, ijod, prezident maktablarining o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovning 8 ta nominatsiya boʻyicha g‘oliblariga 30 mln. soʻm pul mukofoti, zamonaviy noutbuk va qo‘shimcha rag‘batlantirish beriladi. 32 nafar final bosqichi ishtirokchilariga esa 5 mln. soʻm pul mukofoti, zamonaviy noutbuk va qo‘shimcha rag‘batlantirish taqdim etiladi.
Agar sizda tanlovda qatnashish istagi bo‘lsa, vaqtni boy bermang va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.
1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etiladigan "Ustoz-2021" tanlovida bu safar g‘oliblar 8ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi. Sizni barcha nominatsiyalar bilan alohida tanishtiramiz.
1.Tashabbuskor ustoz nominatsiyasi ta’lim sohasida innovatsion va samarali ishlayotgan o‘qituvchilar, ya’ni o‘quv jarayonida foydalanish uchun mobil yechim yaratgan va/yoki ijtimoiy tarmoqlardan birida ta’lim kanaliga va kamida 500 ta obunachiga ega bo‘lgan va/yoki yuqorida ko‘rsatilgan mezonlardan biriga ega uslubiy birlashma rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni ragʻbatlantirish uchun.
Ushbu nominatsiyada ishtirok etish uchun talablar:
- Faqat xalq ta’limi tizimiga kiruvchi umumta’lim maktab o‘qituvchilari qatnashishishlari mumkin. (ya’ni xususiy nodavlat maktablar, Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi maktablar, maxsus maktab-internat o‘qituvchilari ariza bera olmaydilar);
- Yosh cheklovi yo‘q;
- Kamida 3 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega o‘qituvchilar qatnasha oladilar
2. Mehridaryo ustoz nominatsiyasi- nogironligi bo‘lgan bolalarga uzoq yillar mobaynida ta’lim berish bilan birga mehr koʻrsatib, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish uchun taqdim etiladi.
Ushbu nominatsiyada ishtirok etish uchun talablar:
Faqat imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari;
- Yosh cheklovi yo‘q;
- Kamida 2 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega o‘qituvchilar qatnasha oladilar
3. Ta’lim sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun nominatsiyasi- uzoq yillik (kamida 20 yillik) oʻqituvchilik tajribasiga ega, oʻz kasbiga sadoqatini mehnati ila namoyon eta olgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish uchundir.
Ushbu nominatsiyada ishtirok etish uchun talablar:
- Faqat xalq ta’limi tizimiga kiruvchi umumta’lim maktab o‘qituvchilari (ya’ni xususiy nodavlat maktablar, Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi maktablar, maxsus maktab-internat, olis hududlardagi maktablar o‘qituvchilari ariza bera olmaydilar);
- Yosh cheklovi yo‘q;
- Kamida 20 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega o‘qituvchilar qatnasha oladilar.
Qolgan nominatsiyalar va talablari haqida bilish uchun ushbu kanalni kuzatib boring.
Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 10-oktyabr, 2021-yil