Development-Related Postgraduate Courses (EPOS) DAAD scholarships: Germaniyada magistratura va doktoranturada to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Umumiy Ma’lumotlar:
Dastur haqida: Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirladigan DAAD dasturi har yili xalqaro talabalarga turli sohalar bo‘yicha Germaniyada magistratura yoki doktorantura darajalarida o‘qish uchun to‘liq grantlar ajratadi.
Kim uchun: Bakalavr darajasini bitirganiga olti yildan oshmagan va kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lganlar.
Grant miqdori: O‘qish bepul; magistratura uchun 961 yevro, doktorantura uchun 1000 yevro oylik stipendiya; tibbiy sug‘urta va safar xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
- O‘qimoqchi bo‘lgan sohasiga aloqador yo‘nalishda to‘rt yillik bakalavr darajasini yuqori baholar bilan bitirganiga olti yildan oshmagan bo‘lish;
- Kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Nemis tilida o‘qish uchun kamida B1 sertifikatiga ega bo‘lish (Qabul qilinganlar o‘qishni boshlashdan oldin Germaniyada olti oylik nemis tili kursidan o‘tadi va imtihon topshiradi);
- Ingliz tilida o‘qish uchun IELTSdan kamida 6 yoki TOEFLdan minimum ( 550 paper-based, 213 computer-based, 80 internet based) ballarga ega bo‘lish kerak.
MUHIM: Bir paytda uchta yo‘nalishga hujjat topshirish mumkin. Hujjatlar DAAD dasturida qatnashadigan universitetlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirilishi kerak. DAAD grantida qatnashadigan universitet va yo‘nalishlar ro‘yxati: SHU YERDA (2022-2023-o‘quv yili uchun)
Ariza topshirish tartibi
Yuqorida berilgan havola orqali kirib, o‘zingizga mos soha va universitetni tanlang. Soha nomiga biriktirilgan havola orqali universitet saytiga kirib, quyidagi hujjatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri universitetga topshirishingiz kerak (hujjatlarni qayerga va qanday topshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot universitet saytida bo‘ladi).
- To‘ldirilgan va imzo qo‘yilgan DAAD arizasi;
- Imzo qo‘yilgan CV (Europass formatida bo‘lishi kerak: http://europass.cedefop.europa.eu/);
- Maqsadlar aks etgan va imzo qo‘yilgan; ko‘pi bilan ikki betli insho (Letter of Motivation);
MUHIM: Agar birdan ortiq kursga topshirayotgan bo‘lsangiz (maksimum uchta dasturga topshirish mumkin), shu bitta inshoda nega shu kurslarni tanlaganingizni va bu kurslardan qaysi birini afzalroq ko‘rishingizni tartib bo‘yicha tushuntirib berishingiz kerak.
- Ishdagi rahbaringizdan tavsiyanoma. Tavsiyanoma ishxonaning maxsus blankasiga yozilishi va imzo hamda muhrga ega bo‘lishi kerak;
- Kamida ikki yil ishlaganingizni tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan nusxa (notarial tarjimasi bilan);
- Tilni (nemis yoki ingliz tili) bilishingizni tasdiqlovchi hujjatlar;
- Bakalavr darajasi va baholar varaqasi nusxalari (notarial tarjimasi bilan).
Eslatma: Ba’zi universitetlar qo‘shimcha ma’lumot yoki hujjatlar so‘rashi mumkin. Bu haqida ularning saytidan batafsil ma’lumot olasiz.
Hujjat topshirish muhlati
2022-2023-o‘quv yili uchun hujjatlar topshirish sanasi universitetga qarab har-xil bo‘lishi mumkin. Muhlatlar bo‘yicha to‘liq ro‘yxatni SHU YERDA ko‘rishingiz mumkin.
Tanlov jarayoni
1. Barcha hujjatlarni universitet sayti orqali belgilangan muddatdan oldin topshirasiz.
2. Tanlov hay’ati ehtimoliy nomzodlarni DAAD granti uchun tavsiya qiladi.
3. DAAD hay’ati ehtimoliy nomzodlarga bog‘lanib, hujjatlarni DAAD saytiga yuklashni so‘raydi.
4. Hujjatlar yana bir bor ko‘rib chiqilib, grant uchun tanlab olingan nomzodlarga so‘nggi natijalar ma’lum qilinadi.
BU MUHIM: Ehtimoliy nomzod etib tanlanganingizda hujjatlarni DAADga yana topshira olishingiz uchun universitetga tayyorlangan hujjatlarning nusxasini (PDF fayllarni) o‘zingizda saqlab qoling.
Batafsil ma’lumot: DAAD dasturi bo‘yicha batafsil ma’lumotni SHU YERDAN va SHU YERDAN topishingiz mumkin. Hujjatlarni topshirish bo‘yicha qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, ularni universitet sayti orqali bog‘lanib, so‘rashingiz mumkin.
Hujjat topshirishda texnik muammolar bo‘lsa, ushbu manzilga murojaat qilishingiz yoki (+49)228/882-8888 ga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.