Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Davlat chet tili o‘rganish xarajatlarini qoplab beradi

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
Davlat chet tili o‘rganish xarajatlarini qoplab beradi

Chet tili o‘rganish uchun davlat tomonidan motivatsiya berilmoqda

Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi. Xususiy o‘quv markazlarida chet tili o‘rganayotgan yoshlar uchun xarajatlar “2+6” shaklida qoplab beriladi.

Bu qanday ishlaydi?

  • Dastlabki 2 oy o‘quvchi o‘z mablag‘idan to‘laydi
  • Keyingi 6 oy davlat tomonidan to‘lab beriladi

Ushbu dastur yoshlarning til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanishiga ko‘mak berishga qaratilgan.

Bu imkoniyatdan foydalanish uchun xususiy o‘quv markazlarida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.