Yoshlar orasida ilm, til va kitobxonlikka qiziqish keskin oshmoqda

➡️ BATAFSIL
Ilm, til va kitobga chanqoq yoshlar – zamonaviy O‘zbekistonning tayanchi
Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar orasida bilim olish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va mutolaaga qiziqish sezilarli darajada ortmoqda. Raqamlar va aniq misollar bu jarayon qanday samara berayotganini ko‘rsatib turibdi.
Ilmiy darajali yoshlar soni keskin oshdi
Yoshlar orasida ilmga qiziqish ortib, ilmiy darajaga ega olimlar soni 4 ming 357 nafarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2 baravar ko‘p degani. Bunday o‘sish ilm-fan sohasida yangi avlod shakllanayotganidan dalolat beradi.
Parviz Tuksanov – SAT imtihonida maksimal natija ko‘rsatdi
Chet tillariga bo‘lgan qiziqish ham kuchaygan. Buni Parviz Tuksanovning SAT imtihonidan 1600 ball to‘plagani isbotlaydi. Bu – dunyo miqyosida eng yuqori natija hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yutuqni alohida ta’kidlab, Parvizning oila a’zolari va ustozlariga minnatdorchilik bildirdi.
Kitobsevarlik ommaviy harakatga aylandi
“Kitobsevar millat” g‘oyasi asosida yoshlar orasida mutolaa madaniyati shakllanmoqda. An’anaviy “Yosh kitobxon” tanlovi ishtirokchilari soni 6 baravarga oshib, 3 million nafarga yetdi.
Shuningdek, faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar kitobxonlar safiga qo‘shildi. Bu loyihalar kitobga mehr uyg‘otishning samarali vositasi sifatida baholanmoqda.
Milliy kontentlar: kelajak avlod uchun zarurat
Axborot oqimi kuchaygan hozirgi davrda milliy kontentlarni yaratish va ommalashtirish dolzarb masalaga aylangan. Bunday kontentni bog‘cha va maktab dars jarayonlarida ko‘rsatish orqali yosh avlodga yetkazish zarurligi alohida ta’kidlandi.