Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

2025/2026-yildan chet tili bo‘yicha sertifikatsiz qabul imkonsiz!

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
2025/2026-yildan chet tili bo‘yicha sertifikatsiz qabul imkonsiz!

Chet tili 1-blok bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun sertifikat majburiy

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Ushbu tartib Bilimlarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlandi.

Yangi tartib qanday ishlaydi?

  • Test sinovi o‘tkazilmaydi:Fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi.

  • Sertifikat talab qilinadi:Abituriyentlardan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etilishi shart.

Sertifikat nima uchun muhim?

Bu yangi tartib chet tili bo‘yicha abituriyentlarning bilim darajasini xalqaro va milliy standartlar asosida baholash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.