Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Davlat OTMlarida kontrakt to‘lovining bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatlari

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
Davlat OTMlarida kontrakt to‘lovining bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddatlari

Davlat OTMlarida kontrakt to‘lovini bo‘lib to‘lash muddatlari

2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar uchun to‘lovlarni bo‘lib to‘lash tartibi belgilandi. Quyida to‘lov sanalari bosqichma-bosqich keltirilgan.

✅ Talabaga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun:

  • 15-sentabrgacha – to‘lov miqdorining kamida 25% (yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan muddatgacha)

✅ Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun:

  • 1-oktabrgacha – belgilangan to‘lov miqdori (yoki oliygoh rahbariyati uzaytirgan muddatgacha)

✅ Barcha talabalar uchun umumiy tartib:

  • 1-yanvargacha – kamida 50%

  • 1-aprelgacha – kamida 75%

  • 1-iyulgacha – 100% (yoki OTM rahbariyati tomonidan belgilangan kechiktirilgan muddatgacha)

🌍 Xorijiy fuqarolar uchun:

  • To‘lov OTM rahbariyati belgilagan individual muddatlar asosida amalga oshiriladi.

🏛 Nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun:

  • Kontrakt to‘lovi talaba va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi.