Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar uchun kredit to‘lovi qanday hisoblanadi? Oddiy misol bilan tushuntiramiz

05-aprel 17:10
Talabalar uchun kredit to‘lovi qanday hisoblanadi? Oddiy misol bilan tushuntiramiz

Kredit qanday hisoblanadi? Talabalar uchun oddiy tushuntirish

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar uchun fanlar farqiga to‘lanadigan kredit to‘lovi aniq formula asosida hisoblanadi. Bu hisob-kitob orqali har bir talaba 1 kredit narxini o‘zi ham aniqlay oladi.

Hisoblash formulasi quyidagicha:

📌 1 yillik kontrakt narxi ÷ 1 yildagi umumiy kredit miqdori = 1 kredit narxi

Misol:

Aytaylik, Biologiya yo‘nalishining 1 yillik kontrakt summasi 7 400 000 so‘m, umumiy yillik kredit miqdori 60 ta bo‘lsa: 📎 7 400 000 ÷ 60 = 123 333 so‘m

Demak, 1 kredit narxi – 123 333 so‘mni tashkil etadi.

Nima uchun bu muhim?

Agar talaba boshqa yo‘nalishdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsa, fanlar farqiga qarab qancha to‘lashi kerakligini shu formulada hisoblay oladi. Bu o‘quv yurtlari tomonidan talab qilinadigan qo‘shimcha to‘lovni aniqlashga yordam beradi.