Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSHda Deep Spring Collegeda bakalavriat bosqichida bepul tahsil olish imkoniyati-barcha xarajatlar qoplanadi.

23.10.2021 09:46
AQSHda Deep Spring Collegeda bakalavriat bosqichida bepul tahsil olish imkoniyati-barcha xarajatlar qoplanadi.

Muddati:

07.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.deepsprings.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Umumiy ma’lumotlar:

AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan nufuzli oliygohlardan biri Deep Spring College o‘zining bakalavriat bosqichi uchun faqatgina qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tahsil olishni istagan talabalarni qabul qilishni davom ettirmoqda. Ushbu College ga qabul qilingan nomzodlarning barcha xarajatlari jumladan kontrakt pullari, yashash xarajatari hamda turar joy bilan bepul ta’minlanadi. Nomzodlar ushbu dasturga kuchli qiziqish bildirishlari hamda College ni tugatgandan so‘ng insoniyatga foydasi tegadigan xizmatlar ko‘rsata olishini ko‘rsatib bera olishi kerak va ushbu yo‘lda sizga Deep Spring college yordam beradi.

Eslatma: Dastur uchun arizalar qabul qilish erta kuzda (1-sentabrdan) boshlanadi va 7- noyabrga qadar davom etadi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar: Qabul 2 bosqichda bo‘lib o‘tadi. 1- saralash bosqichida o‘zinggizning qiziqishlaringiz hamda ko‘proq shug‘ullanadigan mashg‘ulotlaringizni ifodalovchi bir qancha insholar (essays) yozish, shuningdek baholaringizni joylashinggiz so‘raladi. Insholar quyidagi mavzular yuzasidan bo‘ladi:

  • O‘zinggiz haqida aytib bering;
  • Dasrdan tashqari siz uchun qiziq bo‘lgan anchadan buyon o‘ylab yurgan g‘oyangiz haqida ;
  • Nima uchun siz aynan shu Deep Spring College dan tahsil olishni istaysiz?
  • O‘zinggizning kuchli hamda kuchsiz taraflaringgiz. Hmada ushbu fazilatlaringgiz sizni kelajaginggizga qanday darajada ta’sir o‘tkaza oladi?

Muhim: Asosiy talab ro‘y va rost yozish.College vakillari sizlarning shunchaki qiziqishlaringgizni bilishmoqchi xolos. Yuqoridagi insholar barcjasi birichi bosqich uchun hamda dekabr oyida 1- bosqich natijalari e’lon qilinadi hamda 2- bosqich uchun sizdan yanada ko‘prpq insholar hamda bundan oldingi olgan baholaringgiz shuningdek ushbu bosqichda intervyu bo‘lib o‘tadi. 2-bosqich uchun nomzodlar college ga tashrif buyurishlari kerak. Agarda nomzodlar vaktsina olishmagan bo‘lsalar yoki biror zaruriy sabab bo‘lsa interyuni onlayn topshirishsayam bo‘ladi.

Umumiy natijalar Aprel oyida ma’lum bo‘ladi hamda darslar Iyul oyidan boshlanadi.

Kimlar topshira oladi:

  • Barcha davlat fuqorolari: irqi, dini hamda ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar dastur uchun bemalol qatnashishlari mumkin;
  • 23 yoshdan kichiklar uchun;
  • Kamida maktab , litseyni tugatgan bo‘lishi yoki bakalavriat bosqichida tahsil olayotganlar ham topshirishlari mumkin. Lekin qabul qiligam nomzodlar Deep Spring College da 1- kursdan qaytadan o‘qishlari kerak bo‘ladi.
  • Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilishlari so‘raladi. Agarda bundan oldingi ta’limni ingliz tilida olmagan bo‘lsa til sertifikatlarini ko‘rsatishlari kerak-Min IELTS 6.0;
  • SAT sertifikatlari(Ixtiyoriy agar mavjud bo‘lsa);

Muhim Sanalar:

  • Arizalar qabuli boshlandi: 01.09.2021;
  • Qabulning oxirgi muddati : 07.11.2021;
  • 1-bosqich natijalari e’lon qilinadi hamda 2- bosqich uchun insho mavzulari 2- bosqichga qabul qilingan nomzodlarga yuboriladi: 16.12.2021;
  • 2- bosqich uchun insholar qabuli oxirgi muddati: 09.01.2022;
  • Yanvar va fevral oylarida interyular tashkillashtiriladi;
  • Yakuniy natijalar e’lon qilinadi: 01.04.2022;
  • Darslarboshlanish sanasi: 01.07.2022 ;

Eslatma: Dastur uchun ariza topshirishdan oldin college haqida bu yerda batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqing, shuningdek bu yerdan FAQ tez tez beriladigan savollarga javobb olishinggiz mumkin.