Dunyoning Top 300 talikdagi universitetlariga o‘qishga kirganlarga 20 ming dollargacha ta’lim krediti beriladi
Dunyoning Top-300 universitetlariga kirganlarga 20 ming dollargacha ta’lim krediti beriladi
O‘zbekiston hukumati tomonidan yoshlarning nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi imkoniyat joriy etildi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 88‑son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra, dunyoning eng nufuzli universitetlarida o‘qishga qabul qilingan fuqarolarga 20 ming AQSh dollarigacha ta’lim krediti ajratiladi.
Ta’lim krediti kimlarga beriladi?
Qarorga muvofiq, ta’lim krediti quyidagi talablarga javob beradigan yoshlar hamda pedagoglarga ajratiladi:
-
30 yoshdan oshmagan fuqarolar (shu jumladan 30 yoshdagilar);
-
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
-
Dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallagan universitetlarga qabul qilingan talabalar.
Top-300 universitetlar talabi
Ta’lim krediti quyidagi xalqaro reytinglarda Top-300 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganlarga beriladi:
-
QS (Quacquarelli Symonds) reytingi
-
Times Higher Education reytingi
Kredit qaysi ta’lim bosqichlari uchun beriladi?
Ta’lim krediti xorijiy oliy ta’lim muassasalarining quyidagi dasturlarida o‘qish uchun ajratiladi:
-
Bakalavriat
-
Magistratura
Bu orqali yoshlar dunyoning yetakchi universitetlarida bilim olib, xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’lim krediti miqdori va shartlari
Qarorga ko‘ra, kredit quyidagi tartibda ajratiladi:
-
Miqdori: 1 o‘quv yili uchun 20 ming AQSh dollarigacha (milliy valyuta ekvivalentida)
-
Foiz stavkasi: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi
-
Ajratish shakli: to‘lov kontrakti uchun bank orqali
Kreditni qaytarish muddati
Ta’lim kreditini qaytarish uchun imtiyozli davr ham belgilangan.
-
Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan 7 oy o‘tgach boshlanadi.
-
Qarz 7 yil davomida bosqichma-bosqich qaytariladi.
Bu tizim talabalarga o‘qishni tugatib, ish boshlash uchun yetarli vaqt beradi.
Ta’lim krediti olish uchun kerakli hujjatlar
Bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-
ariza;
-
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
-
taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uchun);
-
akademik o‘zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
-
to‘lov-kontrakt shartnomasi va universitet bank rekvizitlari ko‘rsatilgan invoys;
-
birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oylik daromadlari haqida ma’lumot;
-
mehnat daftarchasidan ko‘chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).