Endi menejerlik kursida o‘qib, sertifikat ololmagan direktorlarga yana bir bor imkoniyat beriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi yo‘lga qo‘yilgandi. Bunda amaldagi direktorlar yakuniy sinovlarda belgilangan ballni to‘play olmagan taqdirda, ular o‘rnatilgan tartibda lavozimidan ozod etilardi.
Ya’ni, direktorlarga faqat bir marta imkoniyat beriladi, solos. Varirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-sonli qarori bilan amaldagi tartibga o‘zgartirishlar kiritilib, menejerlik kurslarida o‘qiydigan direktorlarga yengillik berildi.
Endilikda, menejerlik kurslarida o‘qib, birinchi marotaba yakuniy sinovdan o‘ta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. (Avval bunday imkoniyat berilmasdi.) Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni to‘play olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
Shuningdek, amaldagi tartibga quyidagi o‘zgartirishlar ham kiritildi:
- menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan direktorlar sertifikatni olgan yildan boshlab uch yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etish tartibi bekor qilindi;
- o‘quv kurslarida o‘qish talabini bildirgan nomzodlar va direktorlar xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda, navbatdan tashqari o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilandi,
- 70 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga sertifikat berilib, bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha kamida 50 foiz ball yig‘ishi talab etilishi belgilandi.