Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

EPFL Summer Internship in Switzerland 2021 (Fully Funded): Shvetsariyada EPFL amaliyot dasturi

2.09.2021 00:17
EPFL Summer Internship in Switzerland 2021 (Fully Funded): Shvetsariyada EPFL amaliyot dasturi

Muddati:

28.11.2021

Davlat:

Shveysariya

Grant turi:

Internship

Umumiy ma’lumotlar: Shvetsariyaning ’’École polytechnique fédérale de Lausanne (EPFL)’’ ya’ni Lozanna Politexnika maktabi tomonidan oliy ta’limda bakalavriat bosqichida kamida 2-bosqichida tahsil olayotgan xorijiy talabalar uchun Shvetsariyada 2-3 oy muddatda amaliyot o‘tash imkoniyati hisoblanadi. Nomzodlar komputer fanlari, muhandislik, telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlarda amaliyot o‘tashlari mumkin , shu sababli nomzodlardan ushbu yo‘nalishlarga katta qiziqish bildirishlari so‘raladi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Kamida bakalavriat dasturining 2- bosqich talabasi bo‘lishi;
  • Komputer fanlari, muhandislik, telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlarda tahsil olishi;
  • (PhD) doktorantura bosqich talabalari topshira olmaydi;
  • A’lo baholarga o‘qishi;

Eslatma: Dasturga oxirgi muddat 28- noyabr va shuningdek qabul jarayonlari ushbu sanadan taxminan 2 haftacha ilgariroq e’lon qilinadi hamda 25-yanvarga qadar oxirgi natijalar ham e’lon qilinadi;

Dasturning afzalliklari:

  • Amaliyot dasturi mobaynida amaliyot yo‘nalishlari bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lish;
  • Qabul qilingan nomzodlar uchun yashash xarajatlari uchun oylik (CHF 1,600=$1 750 aqsh dollori) beriladi;
  • Borib-kelish xarajatlari qoplanadi;

Kerakli hujjatlar va qabul jarajoni:

Qo‘shimcha savollar yuzasidan summer@epfl.ch ga murojaat eting;