Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Schwarzman Scholarship 2022: Magistratura bosqichini to‘liq moliyalahtirilgan grant asosida o‘qish imkoniyati

5.05.2022 10:37
Schwarzman Scholarship 2022: Magistratura bosqichini to‘liq moliyalahtirilgan grant asosida o‘qish imkoniyati

Muddati:

20.09.2022

Davlat:

Xitoy

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

"Schwarzman Scholarship" xalqaro stipendiya dasturi

Qayerda: Sinxua universiteti (Singhua University), Pekin, Xitoy
Kimlar uchun: 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan talabalar yoki bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar
Oxirgi Muddat: 2022-yil 20-sentabr

Ushbu har yillik stipendiya 2016-yilda amerikalik moliyachi Stiven Shvarsman tomonidan yo‘lga qo‘yilgan va barcha xarajatlarni qoplaydi.

Dastur maqsadi: Xitoy va boshqa davlatlar orasida o‘zaro hamjihatlik ko‘prigi bo‘luvchi biznes, siyosat, fuqarolik jamiyati yetakchilarini yetishtirish.

Nomzodlar 2 bosqichdan o‘tishlari lozim: onlayn ariza topshirish va bevosita suhbat. Shu bilan birga ular ingliz tilini mukammal bilishlari va o‘z akademik tadqiqotlari yuqori darajada bo‘lishi lozim.

Stipendiya quyidagilarni qoplaydi:
- ta’lim to‘lovi;
- yashash va ovqatlanish;
- pekinga borish va qaytish;
- zarur darsliklar va materiallar;
- Lenovo noutbuki;
- tibbiy sug‘urta;
- shaxsiy ehtiyojlar uchun $4 000 miqdorida stipendiya.

Batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

Ariza topshirish manzili