Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Excellence Scholarship & Opportunity Programme: Shvetsariyada magistratura bosqichi uchun to‘liq va qisman grantlar

29.08.2021 01:17
Excellence Scholarship & Opportunity Programme: Shvetsariyada magistratura bosqichi uchun to‘liq va qisman grantlar

Muddati:

15.12.2021

Davlat:

Shveysariya

Rasmiy havola:

ethz.ch

Grant turi:

Magistratura

The Excellence Scholarship & Opportunity Programme (ESOP): Shvetsariyada ETH Tsyurix universiteti universitetning magistrlik dasturlaridan biriga yozilgan eng yaxshi talabalarni stipendiya dasturlaridan birida qatnashishni taklif qiladi. Grant to‘liq o‘qish pulini hamda yashash xarajatlarini qoplab beradi.

Dasturning foydali tomonlari:

• Excellence Scholarship & Imkoniyatlar dasturi (ESOP). Grant turar joy to‘lovini va o‘qish uchun to‘lanadigan grantni (har bir semestr uchun 11,000 CHF=12 000$) va universitetning barcha qo‘shimcha to‘lovlarini o‘z ichiga oladi.

• Magistrlik stipendiyasi dasturi : Grant qisman o‘qish to‘lovi (bir semestr uchun 6,000 CHF=6500$) va turar joydan iborat. Universitet semestr uchun qo‘shimcha 1500 - 3000 CHF ajratishi yoki talabaga ikkinchi semestrdan oylik maoshi 600 CHF bo‘lgan yordamchi lavozimini egallashini taklif qilishi mumkin.

Talaba magistratura bosqichidan boshlab stipendiya oladi va stipendiya magistrlik dasturida o‘qishning butun davri uchun to‘lanadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1. Grantlar ETH universiteti talabalari uchun ham, chet ellik talabalar uchun ham mavjud;

2. Faqat bakalavr darajasini olgan va talabalarining eng yaxshi 10% i qatoriga kirgan talabalargina stipendiya olish uchun hujjat topshirishlari mumkin;

3. Siz bir vaqtning o‘zida ham stipendiya dasturlariga, ham ETH universitetiga qabul qilish uchun ariza topshirishingiz mumkin;

Hujjatlar:

• bakalavriat baholar daftarchasidan ilova;

• biriktirilgan xat;

• tezis mavzusi taklifi;

• ikkita tavsiyanoma;

Dasturga qabul 1 noyabrda ochiladi 15- dekabrga qadar. Barcha savollarni studienfinanzierung@sts.ethz.ch elektron pochta manziliga yuborishinggiz mumkin.

Universitet veb - sahifasidan dasturlar haqida batafsil. Ko‘p beriladigan savollarga javobni bu yerdan oling.