Fashion Incubator Tashkent: Moda sohasidagi startaplar uchun xalqaro inkubator dasturi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Fashion Incubator Tashkent: Moda sohasidagi startaplar uchun xalqaro inkubator dasturi
Fashion Incubator Tashkent (FIT): Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GmmbH (GIZ), "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha.
Kimlar uchun:
Kamida 18 yosh bo‘lgan, biznes g‘oyaga yoki faoliyat yuritayotgan biznesga ega O‘zbekiston fuqarolari uchun.
Nomzodlarga talablar:
-Moda sanoatida loyiha uchun g‘oyaga ega bo‘lish yoki shu sohada 24 oydan oshmagan vaqt davomida biznes faoliyatini yuritayotgan bo‘lish.
-Dizayn sohasida o‘qishni tugatgan bo‘lish yoki oxirgi semestrda o‘qiyotgan bo‘lish lozim.
Dasturga 15 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
Qatnashuvchilar uchun imkoniyatlar:
-Dastur mashg‘ulotlarida (seminar, lager, mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar) qatnashish mutlaqo bepul.
-Ijtimoiy (soft) va kasbiy (hard) ko‘nikmalarni rivojlantirish.
-Biznes g‘oyani tayyor biznes rejaga aylantirish imkoniyati.
Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 2022-yil, 30-aprelgacha.