Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

FLEX - Kelajak Liderlari Almashinuvi 2022-2023

24.08.2021 23:24
FLEX - Kelajak Liderlari Almashinuvi 2022-2023

Muddati:

18.10.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

ais.americancouncils.org

Grant turi:

Bakalavriatura

FLEX (Future Leaders Exchange — Kelajak Liderlari Almashinuvi) dasturi to‘liq AQSh hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriluvchi dastur hisoblanadi. Dasturning tashkiliy masalalari esa AQSh hukumat departamentining Ta’lim va madaniy aloqalar byurosi tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov g‘oliblariga Amerikada bir yil bepul o‘qish uchun stipendiya va volontyorlik asosida tanlangan mezbon oilada yashash imkoniyati beriladi. Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad amerikaliklar va boshqa millat vakillari o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatishdir.

2022-2023-o‘quv yili uchun dasturga arizalar 1-sentyabrdan qabul qilina boshlaydi.

Kimlar qatnasha oladi?

Maktabning 9-10-11-sinf o‘quvchilari yoki kollej/litseyning 1-2-kurs talabalari dasturda qatnasha oladilar.

Foydali tomonlari:

FLEX stipendiyasi quyidagilarni ta’minlaydi:

• Ichki va xalqaro sayohat (uydan AQShga va orqaga);
• Talabalarga ijtimoiy tadbirlarda qatnashish va shaxsiy kundalik xarajatlariga yordam berish uchun oylik stipendiya;
• Tanlangan va tekshiruvdan o‘tkazilgan AQSh mezbon oilasi xonadonida bir yil bepul yashaydilar;
• AQShning o‘rta maktabida o‘qiydilar;
• Dasturga tayyorgarlik uchun ko‘rsatmalar beriladi;
• AQShning mahalliy hamjamiyatlarida tashkil etilgan dasturiy tadbirlarda qatnasha oladilar;
• Tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadilar.

Talablar:

  • Nomzodlar 2005-yil 1-yanvar - 2007-yil 15-iyul oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lishi;
  • Hujjat topshirayotgan paytda maktab (9-10-11-sinf) yoki kollej/litseyda (1-2-kurs) o‘qiyotgan bo‘lish;
  • Yaxshi baholarga ega bo‘lishi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi va saralashda buni namoyon eta olishi;
  • Xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi;
  • Amerika viza talablariga javob bera olishi;
  • So‘nggi 5 yil davomida Amerikada 90kundan ortiq turmagan bo‘lishi;
  • Nomzodning ota-onasi Amerikaga ketish uchun ariza topshirmagan yoki allaqachon o‘sha yerda bo‘lmasligi lozim.

Ariza topshirish so‘nggi muddati: 18-oktabr 8:59 ga qadar davom etadi.

Saralash jarayoni:

FLEX dasturi saralashi uchta bosqichdan iborat:

1-tur: Arizani onlayn topshirish bosqichi. Ushbu turda onlayn ariza topshiriladi va 3 ta mavzuda insho yoziladi. Insholar arizani topshirish boshlagandan keyin 10 KUN ichida topshirilishi kerak (Masalan: agar ariza topshirish 5-sentyabr kuni boshlangan boʻlsa, ariza-insho 15-sentyabrgacha topshirilishi shart).

2-tur: Onlayn ariza topshirgandan soʻng, talabalar ingliz tili boʻyicha onlayn testda qatnashishga taklif qilinadi.

3-tur: Uchinchi, oxirgi bosqich sinovlari noyabr oyida boshlanadi. Bu turda suhbat, insholar, anketa toʻldirish va ingliz tili boʻyicha yana bir test mavjud. Ushbu bosqichga oʻtgan talabalar bilan Amerika Kengashlarining oʻz mamlakatlaridagi vakolatxonasi bogʻlanib, batafsil maʼlumotlar beradi.

Qabul qilish mezonlari: FLEX stipendiyasi tanlovi quyidagi talablarga javob beradigan oʻquvchilar uchun bepul va shaffof oʻtkaziladi. Unda nogiron oʻquvchilar ham ishtirok etishlari mumkin. Har yili taxminan 20 nafar nogiron oʻquvchi FLEX finalchilari safidan joy oladi. Ularga dasturning boshqa ishtirokchilari bilan bir xil talablar qoʻyiladi. Oʻquvchilar dasturga faqat bir martaariza topshirishlari mumkin.

Talablar, hujjat topshirish va shartlar haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA