Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSh: Florida xalqaro universiteti tomonidan bakalavr bosqichi dasturlari uchun 100% gacha grantlar

5.05.2021 23:11
AQSh: Florida xalqaro universiteti tomonidan bakalavr bosqichi dasturlari uchun 100% gacha grantlar

Muddati:

05.05.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.fiu.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

Florida Xalqaro Universiteti - AQShning Mayami shtatidagi eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan jamoat tadqiqot oliygohi bo‘lib, yuqori sifatli o‘qitish, zamonaviy tadqiqot, ijodiy faoliyatni amalga oshirishga va mahalliy hamda global jamoalar bilan hamkorlikda ishlashda yetakchilardan biri hisoblanadi.

See the source image

Agar sizning akademik yutuqlaringiz yuqori bo‘lsa va siz buning uchun mukofotlashni xohlasangiz, Florida Xalqaro Universiteti siz kabi talabalar uchun First-Year merit awards for International Students grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu grant universitet tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun taqdim etladi.

Grant dasturi uchun quyidagi nomzodlar ariza bera oladilar:

  • Muvofiq mamlakatlar: Barcha mamlakatlar fuqarolari grant uchun ariza bera oladilar;
  • Qamrab olingan dasturlar yoki mavzular: FIU tomonidan taqdim o‘qitiladigan barcha bakalavr fanlari;
  • Qabul qilish asosiy mezoni: Nomzodlik uchun arizachilar FIU birinchi bosqich talabasi bo‘lishi kerak.

Arizalarni yuborish jarayoni:

  1. Arizalarni yuborish: Nomzodlar, dastlab, universitetga bu yerdan onlayn arizasini to‘ldirishi kerak. Universitet tomonidan qabul qilinganlik xatini qabul qilib olgach, nomzodlar quyidagi tartibda grant dasturi uchun ham ariza yuborishlari mumkin:
  • Universitetdagi shaxsiy portalingizga - MyFIU account ga kiring;
  • U yerdan ’Student Tools’ bo‘limini tanlang;
  • U yerdan ’Student E-Forms’ bo‘limini tanlang;
  • U yerdan ’Office of Scholarships’ bo‘limini tanlang;
  • Nihoyat, u yerdan ’merit awards Appeal Form’ bo‘limini tanlang.

Kerakli hujjatlar:

Nomzodlar ariza topshirishda universitetga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:

  • Daromand manbasi (AQShda o‘qish va yashashni moliyalashtira olish uchun isbot):
  • O‘rta maktab, kollej/litsey diplomlari va ilovalari;
  • Motivatsion xat;
  • Taqdim etilgan mavzuda insho javobi;
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • Rezyume.

Maxsus talablar:

Nomzodlardan quyidagi minimal GPA va tegishli akademik ko‘rsatkichlar talab qilinadi:

  • GPA of 4.0,
  • SAT score of 1280 – 1370 yoki ACT score of 27- 30.

Nomzodlardan quyidagi til sertifikatlaridan birini taqdim etishlari kerak:

  • TOEFL iBT – 80
  • TOEFL PBT – 550
  • IELTS – 6.5

Grantning manfaatli tomonlari:

Grantlar quyidagi 2 ta ko‘rinishda tegishli talablarni bajargan xalqaro o‘quvchilar uchun taqdim etiladi:

  • Presidential Premier – Umumiy 4.0 GPA va 1370 SAT yoki 30 ACT ega bo‘lgan nomzodlar o‘quv to‘lovidan 100% ozod etiladi va o‘quv qurollari uchun stipendiya ajratiladi;
  • Ambassador Premier – Umumiy 4.0 GPA va 1280 SAT yoki 27 ACT ega bo‘lgan nomzodlar o‘quv to‘lovining 75% qismidan ozod etiladi va o‘quv qurollari uchun stipendiya ajratiladi.

Hujjatlarni yuborish uchun oxirgi sana: 2021-yil 5-may.

Batafsil rasmiy saytda