Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Future News Worldwide 2021: Talabarlar uchun bepul onlayn konferensiya

23.05.2021 11:58
Future News Worldwide 2021: Talabarlar uchun bepul onlayn konferensiya

Muddati:

08.06.2021

Rasmiy havola:

www.britishcouncil.org

Grant turi:

Konferensiya

Konferensiya haqida:

Future News Worldwide - bu Britaniya Kengashi va dunyodagi yetakchi ommaviy axborot tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi. Dasturning asosiy maqsadi - yoshlarni keng jurnalistika ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashish va Buyuk Britaniyani yosh jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tarbiyalashda global yetakchiligini namoyon etish.

Dastur kimlar uchun:

Dasturga 18-25 yoshdagi bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan talabalar hamda 2019 yil 1 iyuldan o‘qishni tamomlagan bitiruvchilar ariza berishlari mumkin. Nomzodlar jurnalistika fakultetida o‘qiyotgan yoki o‘qigan bo‘lishi muhim emas, ammo ularda ommaviy axborot vositalari borasida keng tasavvurga ega bo‘lish va kelajakda shu sohada ishlashga ishtiyoq bo‘lishi juda muhim.

Konferensiyaning tashkil etilish tartibi:

  • To‘liq onlayn

Asosiy talablar:

  • IELTS 6.5 yoki shu darajaga teng boshqa til sertifikatiga ega bo‘lish yoki shu darajada ingliz tilida muloqotga kirisha olish qobiliyati;
  • Avval Edinburgda yoki Londonda bo‘lib o‘tgan Future NEWS yoki Future News Worldwide konferensiyalarida shaxsan ishtirok etmaganlik;
  • Jurnalistika sohasiga bo‘lgan kuchli qiziqish.
  • Onlayn konferensiyada 2021-yil 14 yoki 15-iyul kunlaridan birida qatnasha olish imkoniyatiga ega bo‘lish.

Ro‘yxatdan o‘tish:

Nomzodlar ushbu konferensiyada qatnashish uchun BU YERDAN ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan 2 ta savolga yozma javob berishlari kerak bo‘ladi. Nomzodlar aynan mana shu savolga berilgan javoblari asosida tanlab olinishini hisobga olgan holda, OLIYGOH.UZ jamoasi qatnashuvchilarga javoblar uchun yetarlicha vaqt ajratishni tavsiya qiladi.

Tugash muddati:

  • 2021-yil 8-iyun

Batafsil bu yerda