Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Germaniya: 850 yevro oylik stipendiya va tibbiy sug’urta

9.07.2020 14:55
Germaniya: 850 yevro oylik stipendiya va tibbiy sug’urta

Muddati:

30.11.2020

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.fes.de

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Germaniyada o‘qish uchun DAAD grant dasturi doirasida taqdim etiladigan Friedrich Ebert Foundation: Scholarship for International Students (FES) stipendiyalari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Germaniyada barcha bosqichlarda o‘qish va tadqiqot olib borish uchun chet ellik talabalarga beriladi. Stipendiyalar tibbiyot sohasidan tashqari barcha yo‘nalishlar uchun beriladi.

Bakalavr, tadqiqot, magistratura va PhD dasturlarida o‘qishni xohlovchilar uchun

Stipendiya dasturiga ariza berishdan avval Germaniya davlat universitetlaridan biriga yoki davlat tomonidan tan olingan oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshiring. O‘qishga qabul qilinganingiz to‘g‘risida xabar kelganidan so‘ng FES grantiga ariza topshirishingiz mumkin.

FES grant dasturiga arizalar 2020-yil 30-noyabrgacha qabul qilinsa ham, nemis oliy ta’lim muassasalarida kursga qabul sanalari turlicha bo‘lishi, ba’zi OTMlarga qabul ertaroq yopilishi ham mumkin.

FES grantiga arizalar 2020-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerda onlayn ariza topshiring.
Batafsil

Dastur to‘g‘risida ma’lumot zarur bo‘lsa yoki savol bermoqchi bo‘lsangiz, bu yerga bosing, yoki stipendien@fes.de elektron manziliga xabar yuboring.

DAAD grantlari haqida qo‘shimcha ma’lumot uchun bu yerga bosing.