Grantlar

Germaniya: FAU Erlangen-Nürnberg - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tili orqali bepul o‘qish

Bepul universitetlar (Germaniya): FAU Erlangen-Nürnberg - bakalavr bosqichini ingliz tilida bepul o‘qish imkoniyati

1 132 ko'rish

Yangilangan:

Germaniya: FAU Erlangen-Nürnberg - bakalavr bosqichi kurslaridan birida ingliz tili orqali bepul o‘qish

Postning maqsadi:

Ushbu postimiz orqali Germaniya davlatida joylashgan FAU Erlangen-Nürnberg oliygohida ingliz tilida bepul o‘qitiladigan bakalavr kurslaridan biri va unga hujjat topshirish jarayonini to‘liq ko‘rib chiqamiz.

Germaniyada oliy ta’lim mutlaqo bepulmi?

Barchamizga ma’lumki Germaniya oliy ta’limi milliy va xalqaro talabalar uchun bepul bo‘lgan sanoqli davlatlardan biridir. Shu bilan bir qatorda, u dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan bir sanaladi. Har qanday odamning ham ko‘nglidan bir marta bo‘lsa ham Germaniyada o‘qish niyati o‘tishi tabiiy albatta. Endi savol tug‘iladi, "Germaniyada ta’lim haqiqatan mutlaqo bepulmi?" Javob - "Ha va Yo‘q". Javob uchun quyida to‘liq izoh berishga harakat qilaman.

Izoh:

Germaniyaning aksariyat universitetlari (milliy va hukumat tomonidan moliyalashtirilgan) talabalardan o‘quv kursi uchun to‘lov (tuition fee) talab qilmaydi. Ammo talabalar semestr to‘lovi (semester fee) to‘lashlari talab etiladi. Semestr to‘lovi qiymati turli universitetlarda turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p universitetlarda bu to‘lov miqdori bir semestr uchun 250 yevrodan oshmaydi. Bu unchalik katta summa emasligi va bu to‘lovni universitet talaba uchun qilingan ma’muriy ishlar evaziga undirib olinganligi uchun ham Germaniyada ta’limni bepul deya olamiz.

Ammo Germaniyadagi barcha universitetlar ham mutlaqo bepul emas. Misol sifatida Germaniyaning Baden-Wurttemberg hududiga kiruvchi shaharlardagi universitetlarni olishimiz mumkin. Ushbu universitetlar 2017/18 - akademik yillardan boshlab ayrim yo‘nalishlar uchun xalqaro talabalardan ta’lim to‘lovi talab qilishni boshlagan. Shuning uchun ham Germaniyaning barcha hududlarida oliy ta’lim mutlaqo bepul deya olmaymiz. Lekin universitetlarning ko‘pchiligida ta’lim yuqorida aytganimiz kabi bepul tashkil etiladi.

Germaniyada ingliz tili orqali ta’lim olish:

Ko‘plab rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi Germaniya universitetlari ham ingliz tilida o‘qitiladigan kurslarni taklif etadi. Ammo bakalavr yo‘nalishi uchun bunday kurslar soni magistratura bosqichidan ko‘ra sezilarli darajada kam. Lekin bu degani umuman yo‘q degani emas albatta. Bugun ham aynan mana shunday bakalavr kursini taklif etayotgan FAU Erlangen-Nürnberg oliygohi va u taklif etayotgan bakalavr kursi uchun hujjatlarni yuborish tartibi bo‘yicha suhbatlashamiz.

FAU Erlangen-Nürnberg haqida qisqacha:

Friedrich-Alexander-University Erlangen-Nuremberg (FAU Erlangen-Nuremberg) universiteti - Germaniyaning Bavariya hududigi uchunchi eng katta universitet hisoblanadi. THE (Times Higher Education) taqdim etgan dunyo universitetlari reytingida #198-o‘rinni egallaydi.

See the source image

Taklif etilayotgan kurs:

  • Bachelor of Science: International Business Studies (batafsil)

O‘quv dasturi tili:

  • Ingliz Tili

Davomiyligi:

  • 6 semestr

O‘quv dasturi to‘lovi:

  • Ushbu kursda o‘qish bepul

Hujjatlarni yuborish sanalari:

Ayni vaqtda universitetning qishki semestri uchun hujjatlarni qabul qilish davri hali ochilmagan. Qabul xalqaro talabalar uchun 2021-yil qishki semestr uchun 15-iyul oyigacha davom etadi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  1. Deyarli barcha Germaniya universitetlari bakalavr kurslari uchun nomzodlardan bakalavr diplomi yoki bakalavr darajasi birinchi bosqichini (agar nomzod universitetga kirish avvalida akademik litseyni tamomlagan bo‘lsa) tugatganligi to‘g‘risida, shuningdek bakalavr darajasi ikkinchi bosqichini (agar nomzod universitetga kirish avvalida kollejni tamomlagan bo‘lsa) tugatganligi to‘g‘risida reyting baholaridan ko‘chirma talab qiladi. Ushbu kurs uchun ham shunday talab mavjud;

Kerakli hujjatlar:

  1. Diplom yoki birinchi/ikkinchi kurs reyting baholaridan ko‘chirma (tarjima qilingan holatda);
  2. To‘ldirilgan universitet ariza anketasi;
  3. Pasport nusxasi;
  4. Motivatsion xat (ayrim yo‘nalishlar so‘ramasligi ham mumkin);
  5. Tavsiyanoma (ayrim yo‘nalishlar so‘ramasligi ham mumkin).

Boshqa qo‘shimcha hujjatlarni kurs uchun qabul boshlangandan so‘ng bu yerdan tekshirib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Batafsil bu yerda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish