Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi

Germaniyada o‘tkaziladigan Eynshteyn stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

01.05.2023 09:43
Germaniyada o‘tkaziladigan Eynshteyn stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Ishtirokchilarga 10 000 yevro miqdorida stipendiya va bepul turar joy ajratiladi hamda transport xarajatlari qoplab beriladi.

Foto: KeepTravel

Germaniyada o‘tkaziladigan Eynshteyn stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Stipendiya dasturi o‘z ixtisosligidan tashqari boshqa fanlararo yondashuvlarga ham ochiq bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ahmda Eynshteyn Forumi va Vittenshteyn jamg‘armasi tomonidan taqdim etiladi.

Unda butun dunyodan 35 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Ular gumanitar, ijtimoiy yoki tabiiy fanlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.

2024-yilgi dastur uchun nomzodlar rezyume, ikki sahifali loyiha taklifi va ikkita tavsiyanoma jo‘natishlari kerak.

Qabul qilingan ishtirokchilarga 10 000 yevro miqdorida stipendiya va bepul turar joy ajratiladi hamda transport xarajatlari qoplab beriladi.

Stipendiya muddati tugagandan so‘ng, ishtirokchilar Eynshteyn forumida va Vittenshteyn jamg‘armasida bo‘ladigan ochiq ma’ruzada o‘z loyihasini taqdim etadi.

Muvaffaqiyatli ariza taklif etilayotgan loyihaning sifati, o‘ziga xosligi va maqsadga muvofiqligini, shuningdek, talabnoma beruvchining yuqori intellektual rivojlanishini ko‘rsatishi kerak.

Taklif etilayotgan loyiha dastur davomida to‘liq bajarilishi shart emas, lekin uzoq muddatli loyihaning boshlanishi bo‘lishi mumkin.

Arizalarni joriy yilning 15-mayigacha havola orqali jo‘natish kerak. Dastur davomiyligi 5−6 oy.

Batafsil ma’lumotlarni Eynshteyn forumining +49−331−271780 telefon raqamlari yoki havola orqali olish mumkin.