Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Germaniya: Bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun maxsus chegirmalar

17.05.2022 20:55
Germaniya: Bakalavr va magistratura bosqichlarida ta’lim olish uchun maxsus chegirmalar

Muddati:

15.07.2022

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

www.uni-passau.de

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

Passau universiteti 1973-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Germaniyaning Quyi Bavariya hududi, Passau shahrida joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. Bu Bavariyaning eng yosh universiteti va shu sababli shtatdagi eng zamonaviy kampusga ega. Uning to‘rtta fakulteti va 39 ta turli xil bakalavriat va magistratura dasturlari mavjud.

Passau universiteti xorijiy talabalar uchun bakalavr va magistratura bosqichi o‘quv dasturlari to‘lovlariga maxsus chegirmalar taklif etmoqda.

Ariza topshirish jarayoni:

Nomzodlar avvalo o‘zlari tanlagan bakalavr yoki magistratura yo‘nalishi uchun BU YERDAN onlayn ariza berishlari kerak. Shundan keyin, nomzodlar BU YERDAN xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturiga ariza berishlari mumkin bo‘ladi.

Asosiy hujjatlar:

  • Diplom va baho ko‘rsatkichlari (tarjimasi bilan);
  • Rezyume;
  • Pasport nusxasi.

Qabul talablari:

Universitetga kirish uchun talablaro har bir yo‘nalish uchun turlicha bo‘lganligi sababli. Dastlab o‘z yo‘nalishingizni tanlaysiz so‘ngra qabul talablari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Talablarni BU YERDAN bilib olishingiz mumkin.

Grantning manfaatli tomonlari:

  • Chegirmalar universitet tomonidan munosib nomzodlarning akademik ko‘rsatkichlariga asoslangan holda o‘quv to‘loviga 25%, 50%, 75%, 100% ko‘rinishida taqdim etiladi.

Batafsil bu yerda

Qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi manzillarga murojaat qiling:

Student Registration Office

Phone: +49 851 509 1127
registry@uni-passau.de
Website

Academic Advice Service

Phone: +49 851 509 1154
advice@uni-passau.de ​​​​
Website