Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

GIFT Internship program : Bakalavriatning 3-4 bosqich talabalari uchun Koreada toliq moliyalashtitilgan amaliyot dasturi

8.10.2021 15:30
GIFT Internship program :  Bakalavriatning 3-4 bosqich talabalari uchun  Koreada toliq moliyalashtitilgan amaliyot dasturi

Muddati:

27.11.2021

Davlat:

Janubiy Koreya

Rasmiy havola:

gift.postech.ac.kr

Grant turi:

Bakalavriatura

Umimiy Ma’lumotlar:

Graduate Institute of Ferrous & Energy Materials Technology GIFT: Ushbu grant to‘liq moliyalashtirilgan dasturlardan biri hisoblanadi, shuningdek ushbu dastur uchun GIFT labaratoriya sohasiga hamda qora metallurgiya texnologiyalari sohasiga qiziqadidan barcha 3 ba 4 - kurs talabalari topshirishlari mumkin. Ushbu amaliyot dasturi Pohang Fan va Texnologiya universitetida (POSTECH) 4 hafta davom etadi.

Dasturning afzalliklari:

  • Bepul Turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Transport xarajatlari to‘liq qoplab beriladi;
  • Chet ellik nomzodlar uchun safar borib kelish xarajatlari ham to‘liq qoplanadi;
  • Kundalik xarajatlar uchun ham oylik stipendiya ajratiladi (500 000 KRW ~ 420$);

Zaruriy Hujjatlar ro‘yxati:

  • Ariza shakli;
  • Universitetdagi baholaringgiz ingliz tilida bo‘lishi kerak (GPA ham ko‘rsatilishi kerak);
  • Shaxsiy bayonot;
  • Ingliz tilini bilishinggizni baholovchi til sertifikati (IELTS yoki TOEFL):

Muhim sanalar:

  • Yilda 2 marotaba : Yozgi qabul may oyining ikkinchi Juma kuniga qadar hamda qishki qabul noyabr oyining oxirgi juma kuniga qadar bo‘lib o‘tadi;
  • Yozgi qabulning natijalari Iyun oyining 1- haftasida e’lon qilinadi hamda qishki qabulning natijalari dekabrning oxirgi haftasida e’lon qilinadi;

Eslatma : Barcha yuqorida takidlangan hujjatlarni Ushbu emailga enmei@postech.ac.kr jo‘natishinggiz so‘raladi.