Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Griffith Remarkable Scholarship

7.04.2022 12:25
Griffith Remarkable Scholarship

Muddati:

05.08.2022

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

www.griffith.edu.au

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Griffith Remarkable Scholarship granti o‘qish to‘lovining 50% ini qoplab beruvchi grant bo‘lib, akademik va ijtimoiy sohalarda yutuqlarga erishgan nomzodlar uchun ajratiladi.

Muvofiqlik talablari:

-Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan boshqa davlat fuqarosi bo‘lish.
-Oldingi o‘qish dasturlarida kamida 7 ball yoki ekvivalentda 5,5 yoki undan yuqori GPAga ega bo‘lish.
-Grantga ariza berish muddati tugagunga qadar Griffitda o‘qish uchun ariza topshirgan bo‘lish.
-Siz tanlagan bakalavriat yoki magistratura dasturi uchun barcha akademik va ingliz tili talablarini qondirish.
-2022-yil 2 yoki 3-trimestrdan boshlab to‘liq vaqtda talaba (40CP) bo‘lish.

Jarayon:
-Griffit universitetida bakalavriat yoki magistratura kurslarida o‘qish uchun ariza topshiring.
-Yakuniy sanaga qadar stipendiya olish uchun ariza topshiring.
-Universitet paneli arizangizni ko‘rib chiqadi.
-Arizangiz natijasi haqida sizga xabar beriladi.

Universitetga ariza topshirish

Grantga ariza topshirish

  • Grantni qo‘lga kiritish uchun siz Letter of Offer ni ham, stipendiyani ham belgilangan muddatgacha qabul qilishingiz kerak bo‘ladi. Agar siz Letter of Offer da ko‘rsatilgan sanagacha stipendiyani qabul qilmasangiz, stipendiya bekor qilinadi.
  • Belgilangan sanagacha qolgan to‘lovlarni to‘lashingiz lozim.

Grant faqat bakalavriat yoki magistratura kurslari to‘lovlari uchun amal qiladi.
Ushbu stipendiya bakalavriat yoki magistratura kurslari bo‘yicha o‘qish to‘lovlarining 50 foizini faqat ro‘yxatga olish talablarini qondirish bo‘yicha dastur davomiyligi davridagina qoplaydi. Kurs davomiyligi Letter of Offer da belgilanadi.
Grantlar soni cheklangan.

3-trimestr uchun arizalar qabul qilishning oxirgi muddati 5-avgust, 2022.

Teglar