Harbin texnologiya institutida Xitoy hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan grant asosida tahsil olish imkoniyat- $470 AQSH dollar oylik stipendiya
Muddati:
31.03.2022
Davlat:
Xitoy
Rasmiy havola:
Grant turi:
Doktorantura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy Ma’lumotlar:
Harbin Institute of Technology Scholarship 2022: Xitoyda Harbin Texnologiya institutida magistratura hamda doktoranturaga bosqichlarida to‘liq moliyalashtirilgan grant asosida tahsil olishni istagan barcha chet ellik fuqorolar uchun Xitoy hukumati grant dasturi e’lom qildi. Ushbu universitet 2021-yilda Qs reytingida 260-o‘rinni egalladi. Davomiyligi magistratura uchun 2-3 yil va uchun doktorantura uchun esa 3-4 yil.
Magistratura bosqichi uchun qayidagi yo‘nalishlar mavjud:
- Astronavtika maktabi;
- Energetika fanlari va muhandislik maktabi;
- Kompyuter fanlari va texnologiyalari maktabi / Dasturiy ta’minot maktabi;
- Elektrotexnika va avtomatlashtirish maktabi;
- Mashina va elektrotexnika fakulteti;
- Materialshunoslik va muhandislik maktabi;
- Iqtisodiyot va menejment maktabi;
- Gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar va huquq maktabi;
- Qurilish fakulteti;
- Atrof-muhit maktabi;
- Arxitektura maktabi;
- Transport fanlari va texnologiyasi maktabi;
- Kimyoviy muhandislik va kimyo maktabi;
- Elektronika va axborot texnologiyalari maktabi;
- Hayot fanlari va texnologiyalari maktabi;
Doktorantura bosqichi uchun qayidagi yo‘nalishlar mavjud:
- Elektrotexnika va avtomatlashtirish maktabi;
- Energetika fanlari va muhandislik maktabi;
- Kompyuter fanlari va texnologiyalari maktabi / Dasturiy ta’minot maktabi;
- Astronavtika maktabi;
- Mashina va elektrotexnika fakulteti;
- Materialshunoslik va muhandislik maktabi;
- Iqtisodiyot va menejment maktabi;
- Gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar va huquq maktabi;
- Fanlar maktabi;
- Atrof-muhit maktabi;
- Hayot fanlari va texnologiyalari maktabi;
- Transport fanlari va texnologiyasi maktabi;
- Qurilish fakulteti;
- Arxitektura maktabi;
- Elektronika va axborot texnologiyalari maktabi;
- Kimyo va kimyo muhandisligi maktabi;
Xitoy hukumati stipendiyasi 2022 uchun muvofiqlik mezonlari quyidagilardan iborat:
- Nomzodlar Xitoy fuqarosi bo‘lmasliklari kerak;
- Xitoydan tashqarida tahsil olgan xalqaro talabalar yoki Xitoy universitetlarining sobiq bitiruvchilari;
- Magistratura bosqichiga da’vogarlar bakalavr darajasiga ega bo‘lishi va 35 yoshdan kichik bo‘lishi kerak’
- Doktoranturaga da’vogarlar magistr darajasiga ega bo‘lishi va 40 yoshdan kichik bo‘lishi kerak;
- Akademik ko‘rsatkichlari alohuda inobatga olinadi;
- Nomzodlar ilmiy tadqiqotlarda yaxshi qobiliyatga ega bo‘lishi kerak.
Grant dasturining manfaatli jihatlari:
- Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi, o‘qish to‘lovi, turar joy to‘lovidan ozod qilingan;
- Keng qamrovli tibbiy sug‘urta uchun yiliga 800 RMB ~$125 AQSH dollari ;
- Magistrlik darajasiga nomzod : oyiga 3000 RMB ~$470AQSH dollari stipendiya;
- Doktorlik darajasiga nomzod: oyiga 3500 RMB~$550 AQSH dollari stipendiya .
Kerakli Hujjatlar ro‘yxati:
- Xitoy hukumati stipendiyasi uchun ariza shakli ( ikki nusxada ). CSC Onlayn ariza tizimi ushbu quyidagi manzilda mavjud: . Grant turi : B. Kod : 10213;
- Oliy darajadagi sertifikatlar. Ingliz yoki xitoy tillarida diplom oldidan notarial tasdiqlangan sertifikatning asl nusxasi;
- Transkriptlar;
- Ingliz yoki xitoy tillarida professor yoki dotsentlarning ikkita tavsiya xati;
- Pasport nusxasi (kamida bir yil amal qiladi);
- Chet el fuqarosining jismoniy tekshiruvi varaqasining nusxasi;
- O‘qish yoki tadqiqot rejasi (ingliz yoki xitoy tillarida kamida 800 so‘z). Formatni rasmiy veb-saytdan yuklab olish mumkin: http://studyathit.hit.edu.cn/en/academic/program/view?id=17;
- Jinoiy ish yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
- Qabul xati (majburiy emas).
Oxirgi Muddat:
Harbin Texnologiya Instituti 2021 stipendiyasiga ariza topshirishning so‘nggi sanasi - 31.03.2022
Eslatma: HIT stipendiyasi 2021 uchun ariza topshirishning onlayn tartibi yo‘q . Hujjatlaringiz va arizangizni pochta orqali yuborishingiz kerak. Dasturga hujjat topshirishdan oldin rasmiy sahifasi bilan tanishib chiqing.
Barcha turdagi savollar yuzasidan quyidagilarga murojaat etishingiz mumkin :
Rasmiy sayt:
Telefonlar:
Tel: +86-451-86412647 Korean
+86-451-86402455 English
+86-451-86402455 Russian
E-mail Us: StudyatHIT@hit.edu.cn
Mailing Adress: No.11 Siling Street, Nangang District, Harbin (150001), China