Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Gonkong: Bakalavr dasturlarida o‘qish uchun 100% lik grant dasturi

23.04.2022 10:43
Gonkong: Bakalavr dasturlarida o‘qish uchun 100% lik grant dasturi

Davlat:

Gonkong

Rasmiy havola:

hkust.edu.hk

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi borasida qisqacha:

Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti (qisqacha: HKUST, (Xitoy) - Gonkongda joylashgan bo‘lib, u Osiyodagi eng nufuzli universitetlardan biri. U Gonkong sharqida Sai Kungd tumanidagi Clear Water Bay sohilida joylashgan. Universitet THE (Times Higher Education) tomonidan e’lon qilingan dunyo universitetlari reytingida #56-o‘rinni egallaydi.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan Scholarships For All Entrants grant dasturi universitetning bakalavr bosqichida o‘qish niyatida bo‘lgan talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Grantga kimlar ariza bera oladilar:

  • Muvofiq mamlakatlar: Barcha davlatlardan kelgan talabalar grant dasturi uchun ariza bera oladilar;
  • Dastur va daraja: Bakalavr darajasida universitet tomonidan taqdim etilgan har qanday fan dasturi uchun grant ajratiladi;
  • Mezonlar: Talabgorlar grantga munosib bo‘lish uchun yaxshi ilmiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘rta maktabni tamomlaganlik shahodatnoma/diplomlariga ega bo‘lishlari kerak.

Ariza topshirish jarayoni:

Grantga nomzod bo‘lish uchun talabalar universitetning baklavar dasturlaridan biriga bu yerdan ariza berishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Shundan so‘ng, nomzodlar bu yerdan grant uchun onlayn ariza qoldiradilar.

Kerakli hujjatlar:

  • Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
  • O‘rta maktabni tamomlaganlik shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi va ilovalari;
  • Rezyume;
  • Nomzodlar ingliz tilini bilish bo‘yicha quyidagi til sertifikatlardan birini taqdim etishlari shart:
    • TOEFL-iBT: 80;
    • TOEFL-pBT: 550;
    • TOEFL-Revised paper-delivered test: 60 (o‘qish, tinglash va yozish bo‘limlari uchun jami ballar)
    • IELTS (akademik modul): Umumiy ball: 6.5 va barcha bandlari: 5.5 dan kam emas.

Grant taqdim etilgan nomzodlar o‘quv dasturi to‘lovidan 100% ozod etiladi.

Batafsil bu yerda