Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Gonkong: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy qiymati taxminan 98 000 AQSH dollarlik grant dasturi

12.06.2021 04:20
Gonkong: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy qiymati taxminan 98 000 AQSH dollarlik grant dasturi

Davlat:

Gonkong

Rasmiy havola:

www.hkbu.edu.hk

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida:

Gonkong Baptist kolleji sifatida tashkil etilgan Gonkong Baptist universiteti uzoq yillik ta’lim merosiga ega bo‘lgan davlat tomonidan moliyalashtirilgan uchinchi darajali liberal san’at muassasasidir. Universitet tomonidan turli darajadagi oliy ta’lim dasturlari dasturlarni taklif etib kelinadi. Universitet o‘zining ajoyib ta’limi va sifatli tadqiqotlari bilan keng tan olingan.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalar uchun universitetning bakalavr dasturlarida ta’lim olish uchun moliyaviy tomonlama ko‘maklashishni nazarda tutadi.

Grant dasturi kimlar uchun?

  • Grant dasturini qo‘lga kiritish niyatida bo‘lgan nomzodlar xalqaro (mahalliy bo‘lmagan) va universitetning bakalavr dasturlaridan biriga birinchi bosqich uchun qabul qilingan bo‘lishlari kerak.

Ariza berish jarayoni:

  • Grant dasturi uchun alohida ariza berish shart emas. Nomzodlar universitetning bakalavr dasturlaridan biriga qabul qilingan talabalar orasidan tanlab olinadi. Universitetning bakalavr dasturiga BU YERDAN ariza topshirishingiz mumkin.

Talablar:

  • Universitet tomonidan taqdim etilayotgan har bir o‘quv dasturining o‘z talablari mavjud. Ular bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Grantning manfaatli tomonlari:

  • Ushbu grant dasturi to‘liq holatda yiliga 190 000 Gonkong Dollari (taxminan 24 472 AQSh dollari) miqdorida 4 yil davomida va qisman yiliga 95 000 Gonkong Dollari (taxminan 12 236 AQSh dollari) miqdorida 4 yil davomida g‘olib nomzodlar uchun grant miqdori ajratadi.

Batafsil bu yerda