Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Gonkong: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 22 540 AQSh dollarlik to‘liq grant va 6 440 AQSh dollarlik stipendiya

18.05.2021 05:14
Gonkong: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 22 540 AQSh dollarlik to‘liq grant va 6 440 AQSh dollarlik stipendiya

Davlat:

Gonkong

Rasmiy havola:

www.ln.edu.hk

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida:

1967 yilda tashkil topgan Lingnan universiteti Gonkongda birinchi bo‘lib talabalarga ko‘ngilli yordam berish va o‘zlarining bilimlari va tajribalarini xayriya tashkilotlari va jamoalar bilan baham ko‘rish imkoniyatini beradigan xizmatni o‘rganish guruhini tashkil etdi. QS tomonidan e’lon qilingan xalqaro universitetlar reytingida Lingnan universiteti #571-580 - o‘rinlardan joy oladi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi talabalarning Gonkongda bakalavr dasturida o‘qishlariga imkon berish uchun Lingnan universiteti 2021-2022 o‘quv yillari akademik dasturlari uchun taqdim etilmoqda.

Grant dasturi kimlar uchun?

  • Dastur uchun barcha davlat fuqarolari, shu jumladan mahalliy Gonkong aholisi ham ariza berishi mumkin;
  • Ariza bera olish uchun talabalar avvalo universitetning bakalavr bosqichi dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lishlari kerak.

Ariza topshirish jarayoni:

  1. Dastlab nomzodlar BU YERDAN onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘zlari xohlagan bakalavr dasturlaridan biriga ariza topshirishlari kerak;
  2. Grant dasturi uchun alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Bakalavr dasturiga qabul qilingan barcha talabalar avtomatik ravishda stipendiya olish uchun nomzodlik huquqiga ega bo‘ladilar;
  3. Universitet nomzodlarning akademik holatlarini solishtirgan holda grant taqdim etiladigan talabalarni tanlab oladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Nomzodlarda talab qilinadigan asosiy hujjatlar:
    • O‘rta maktab, kollej yoki litsey diplomi;
    • Pasport nusxasi;
    • Rezyume;
    • Til sertifikati - Ingliz tilini bilish sertifikatlaridan - IELTS (Academic) 6.5 yoki undan yuqori, TOEFL kamida 550 (paper-based test) yoki 79 (Internet-based test).

Grantning manfaatli tomonlari:

Lingnan universiteti mahalliy talabalar uchun 110 000 Gonkong dollari (taxminan 14 168 AQSh dollari) hamda mahalliy bo‘lmagan talabalar uchun 175,000 Gonkong dollari (taxminan 22 540 AQSh dollari) miqdorida o‘quv to‘lovini qoplaydigan to‘liq grant va qo‘shimcha ravishda 50 000 Gonkong dollari (taxminan 6 440 AQSh dollari) miqdorida stipendiya taqdim etadi.

Batafsil bu yerda