Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qanday qilib xorijda to‘liq grant asosida ta’lim olish mumkin?

13.08.2021 00:00
Qanday qilib xorijda to‘liq grant asosida ta’lim olish mumkin?

Rasmiy havola:

oliygoh.uz

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Har bir inson chet elda ya’ni ta’lim standartlari yuqori va yuksak natijalarga yo‘naltirilgan mamlakatda o‘qishni orzu qiladi. Afsuski, bunday mamlakatlarda o‘qish narxi yuqori bo‘lganligi sababli bu orzuga erishish ko‘pchilik uchun oson emas. Garchi xorijda ta’lim olish talabalardan katta byudjet talab qilsada, mana shu byudjetdagi pulni to‘liq yoki qisman tejab qolish uchun har doim ham imkoniyatlar bo‘lgan. Bu imkoniyatlar esa grantlardir. Grantlar turli xil xilma-xilliklarga ega bo‘lib, taklif etilayotgan imtiyozlardan kelib chiqqan holda, ehtiyojmand talabalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarirdan tortib qobilyatli talabalarni taqdirlashgacha bo‘lgan to‘liq va qisman grantlar va ta’lim stipendiyalari kabi turlarga bolinadi. Ularni moliyalashtirish asosan global tashkilotlar, hukumatlar va ta’lim muassasalari, ayrim hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Grant dasturlarini topish:

Talabalar uchun xorijda o‘qish va yashash to‘lovlarini to‘liq qoplab beruvchi grantlarni topish jarayoni ham oson kechmaydi. Talabalar asosan duch keladigan birinchi va asosiy qiyinchilik shundaki, ular to‘liq stipendiyalar e’lon qilinganidan bexabar qolishadi. Ular to‘liq moliyalashtirilgan imkoniyat haqida bilishmaydi yoki yopilish sanasi yoki belgilangan muddat tugagandan so‘ng ular haqida bilishadilar. Avvallari bunday turdagi ma’lumotlarni o‘zbek tilida yetkazib beruvchi tashkilot yoki sahifalar sanoqli edi. Ammo endilikda ushbu muammo uchun bir nechta samarali yechimlar mavjud va ulardan ayrimlarini quyida keltirib o‘tamiz.

1. Internet veb-saytlari:

Bunday imkoniyatlarni ma’lum vaqt ichida doimiy ravishda baham ko‘radigan www.oliygoh.uz kabi ko‘plab veb-saytlar mavjud. Talabgorlar bundan tashqari xorijiy muassasaning rasmiy veb-saytlari yoki o‘zlari o‘qiyotgan ta’lim muassasalari orqali ham bunday imkoniyatlar haqida ma’lumot olishlari mumkin. Buning uchun avvalo siz ta’lim olayotgan tashkilot xorijning qaysi tashkilotlari bilan hamkor ekanligini aniqlab oling.

2. Dastur g‘oliblari yoki qatnashchilari:

Atrofimizdagi do‘stlar yoki tanishlarimiz orasida xorijda ta’lim olayotganlari bo‘lishi tabiiy. Aynan mana shunday insonlar orqali nafaqat biror grant dasturi topa olish balki o‘zlari qatnashgan yoki sovrindor bo‘lgan dastur bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar olishimiz mumkin bo‘ladi.

Grant olish uchun asosiy talablar:
Quyida har bir stipendiyaning ba’zi asosiy talablari keltirilgan. To‘liq moliyalashtirilgan xalqaro stipendiyalarga ariza topshirishda talabalar ushbu jihatlarga to‘liq e’tibor berishlari kerak. Ushbu talablarga aksariyat hollarda quyidagilar kiradi:

  1. Grant dasturining maxsus ariza yoki ro‘yxatdan o‘tish shakli;
  2. Motivatsion xat va shaxsiy bayonot (Motivation letter and Personal Statement/Statement of Purpose);
  3. Tavsiyanoma xatlari;
  4. Rasmiy moliyaviy hisobotlar;
  5. O‘quv yutuqlarini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa);
  6. Sinfdan tashqari ishlarda erishilgan yutuqlari borasida hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa);
  7. IELTS yoki GRE/SAT sertifikatlari (agar kerak bo‘lsa).

Grant dasturlari uchun umumiy muvofiqlik mezonlari:

Har bir stipendiya talabgorlarning yoshidan ularning fuqaroligiga qadar turli xil muvofiqlik mezonlariga ega. Barcha grant imkoniyatlari har doim o‘z arizalaridagi mezonlarni aniq takidlab o‘tadi. Talabalar har qanday stipendiya olish uchun ariza berishdan oldin muvofiqlik imkoniyatlarini yaxshilab o‘qib chiqishlari kerak. Avvalo ular o‘z davlatlarini tekshirishlari kerak. Agar mamlakat murojaat etishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida bo‘lsa, ariza beruvchining ahamiyat berishi kerak bo‘lgan keyingi narsa - bu yosh chegarasi. Ba’zi bir grant dasturlari faqat ayollar uchun, ba’zilari ba’zi etnik guruhlar uchun, ba’zilari esa barcha xalqaro talabalar uchun. Shunday qilib, har qanday mablag‘ bilan ta’minlangan grant dasturlariga murojaat qilishdan oldin, kimdir unga munosib yoki mos emasligini aniq bilishi kerak.

Batafsil bu yerda