Mukofot jamg‘armasi 100 000 yevro bo‘lgan IF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi!

"Registon" o’quv markazining maqsadlari: O'quv markaz tizimida xususiy maktablarga poydevor yaratish va O'zbekiston ta'limini har tomondan kuchaytirish.– Registon ta'lim loyihasi
Mukofot jamg‘armasi 100 000 yevro bo‘lgan IF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi!
IF Social Impact Prize - jamiyatdagi muammolarga yechim bo‘la oladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlovdir.
Kimlar uchun:
Davlat va nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy tadbirkorlik sub’ektlari, kompaniyalar, fondlar va dizayn studiyalari uchun.
Nomzodlar uchun talablar:
-Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan (SDG) biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi;
-Loyiha axloqiy me’yorlarga mos kelishi, inson va guruhlarni birlashtira olishi va foydali tajribaga sabab bo‘lishi kerak.
Loyiha ingliz tilida topshirilishi lozim.
G‘oliblar uchun imkoniyatlar:
2022 yil uchun umumiy hajmda 100 ming yevro mablag‘ ajratilingan bo‘lib, munosib deb topilgan bitta loyihaga topshirilishi yoki bir nechta munosib deb topilgan loyihalar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
-2022-yil 26-may
-2022-yil 9-noyabr