Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ijodkorlar uchun “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovi

19.10.2021 17:23
Ijodkorlar uchun  “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob

Muddati:

01.12.2022

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

yoshlar.gov.uz

Grant turi:

Tanlovlar

“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovi yil davomida fan, adabiyot va noshirlik sohasida samarali faoliyat ko‘rsatib, yoshlar va bolalarning kitob mahsulotlariga bo‘lgan talab-istaklari, qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga, bilimi va ma’naviyatini boyitishga munosib hissa qo‘shgan, jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan ijodkorlar hamda nashriyot xodimlarini rag‘batlantirib borishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etiladi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasida rasman nashr etilgan kitob mualliflari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov 3 ta yosh toifasi doirasida (6 yoshgacha, 7-11 yosh, 12-18 yosh)
quyidagi asosiy nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • “Eng yaxshi adabiy-badiiy kitob”;
  • “Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob”.

Tanlov doirasida quyidagi qo‘shimcha nominatsiyalar ham joriy etiladi:

  • “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi tarjima asar” (o‘zbek tiliga tarjima
    qilingan);
  • “Eng yaxshi kitob dizayni”;
  • “Eng yaxshi muharrirlik ishi”;
  • “Eng katta adadga ega kitob”.

Tanlovda asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan kitob mualliflariga (vafot etgan bo‘lsa qonuniy vorisiga) statuetka va maxsus diplom, shuningdek:

  • birinchi o‘rin uchun – 100 million so‘m;
  • ikkinchi o‘rin uchun – 75 million so‘m;
  • uchinchi o‘rin uchun – 50 million so‘m mukofot mablag‘lari topshiriladi.

Tanlov nizomi bilan batafsil shu yerda ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Arizalar 2022-yil 1-yanvarga qadar @engyaxshikitob_bot (telegram) orqali qabul qilinadi.