Abituriyent

Ilm oluvchiga 7 maslahat

Aziz Rahimovdan Ilm oluvchiga 7 maslahat

2 989 ko'rish

Ilm oluvchiga 7 maslahat

1. Eng boshida fundamental(asosiy) bilimlardan boshla. Shunda kelajakda qiynalmaysan. Bular: Aqida, Fizika, Arifmetika, Biologiya.

2. O‘rganuvchining eng asosiy quroli — Nega? — Shu savolni doim ber. Javobini qidirish senga mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

3. Bilimdan ham muhimrog‘i: Anti-bilim. Ya’ni nimani bilmasligingni bilish. Biliming ortgani sari anti-biliming ham ortadi.

4. Ilm oluvchining eng katta xatosi: “Yozishim shart emas, eslab qolaman” — deb o‘ylash.

5. Agar biror narsani 5 ta yoki undan kamroq gap bilan tushuntirib bera olmasang, seni uni tushunmabsan. Eng sodda tushuntira oladiganlar — mavzuni eng zo‘r tushunadiganlar.

6. Normal o‘rganish tezligiga misol: Shu mavzu haqidagi 1 yil avvalgi fikrlaring senga kulguli tuyulishi kerak.

7. Kitob, leksiya, videolar zo‘r ilm manbai. Lekin eng muhim, hamma yerda topilmaydigan, ko‘p foydasi tegadigan bilimlar og‘izdan og‘izga o‘tadi.

Aziz Rahimov

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish