Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Shvetsariyada IMD Business School da tahsil olish uchun 91 ming AQSh dollari miqdorida grant dasturi

20.10.2021 15:57
Shvetsariyada IMD Business School da  tahsil olish uchun 91 ming AQSh dollari miqdorida grant dasturi

Davlat:

Shveysariya

Rasmiy havola:

www.imd.org

Grant turi:

Magistratura

Umimiy ma’lumotlar:

Yevropada enh nufuzli oliygohlardan hisoblangan Shvetsariyada joylashgan IMD business schooldan barcha xalqaro toifadagi talabalar uchun magistratura bosqichida tahsil olish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturini e’lon qildi. Ushbu grant "Business adminstration" yo‘nalishiga magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun amal qiladi. Ushbu grant dasturi uchun 1 yilda 4 marotaba (1-fevralga qadar; 1-mayga qadar; 1-iyulga qadar; 1-sentabrga qadar;) qabul bo‘lganligi sababli yilning istalgan vaqtida ariza topshirsangiz bo‘ladi.

Grantning afzallik jihatlari:

Barcha nomzodlar quyidagi grantlardan birini qo‘lga kiritishlari mumkin:

  • IMD Alumni Club of Lausanne Scholarship: CHF 50,000 ~54 ming AQSH dollari miqdorda grant ajratiladi . Ushbu grant uchun oxirgi muddat 1- fevral.
  • Forté Women Scholarships: CHF 20,000 amount~ $21.600 AQSH dollari miqdorda grant ajratiladi. Ushbu grant uchun oxirgi muddat 1- fevral va 1-may;
  • Stewart Hamilton Scholarship: CHF 50,000 ~54 ming AQSH dollari miqdorda grant ajratiladi. Ushbu grant uchun oxirgi muddat 1- fevral va 1-may;
  • IMD MBA Class of 1976 Scholarship: CHF 50,000 ~54 ming AQSH dollari miqdorda grant ajratiladi . Ushbu grant uchun oxirgi muddat 1- may;
  • The Staton Scholarship: CHF 50,000 ~54 ming AQSH dollari miqdorda grant ajratiladi. Ushbu grant uchun oxirgi muddat 1-iyul;
  • Diversity Scholarships: CHF 30,000 ~$32.500 AQSH dollari miqdorida grant;
  • The Nestlé Scholarship for Women: CHF 25,000~$27.00 AQSH dollari miqdorida grant; Ushbu grant uchun oxirgi muddat 1-sentabr;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Istalgan davlat fuqorolari ushbu grant uchun ariza berishlari mumkin;
  • Bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak;
  • Kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi kerak. (To‘liq stavkada);
  • 2ta tavsiyanoma;
  • GMAT\GRE kamida 630 lekin o‘rtacha 680 qabul qilinadi;
  • TOEFL eng kamida 105+ yoki IELTS kamida 7.5 qabul qilinadi;

Kerakli Hujjatlar:

  • Bakalavriat bosqichini akademik ko‘rsatkich baholari;
  • GMAT\GRE sertifikati (5 tildan o‘tmagan bo‘lishi zarur);
  • Ingliz tili sertifikatlari (2 yildan o‘tmagan bo‘lishi zarur);
  • 2 tya Tavsiyanoma ;
  • CV;
  • Passport o‘lchamidagi rasm (eng kamida 150 DPI, o‘lchami-150KB and JPEG formatda bo‘lishi kerak) ;
  • Passport nusxasi;
  • Ariza topshirish to‘lov badali mavjud- $ 200 AQSH dollari;

Eslatma : Ushbu grant dasturiga ariza topshirishdan oldin grant dasturining rasmiy sahifasi bilan batafsil batafsil tanishib chiqing.

Teglar