Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus dastur

15.03.2023 09:46
Ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus dastur

“Ingliz tilini bilasizmi?”, “IELTS” olganmisiz?”, “Ingliz tilini o‘rganyapsizmi?”… Bu savollar ayni ijtimoiy hayotimizda eng ko‘p so‘raladigan, qulog‘imizga chalinadigan jumlalardir. Zero, mamlakatni uchinchi dunyodan birinchi dunyoga olib chiqqan Singapur bosh vaziri Li Kuan Yu ham ta’limda birinchi til sifatida ingliz tilini o‘qitib, davlatni rivojlantirgan edi. Agar siz ham dunyo tili hisoblanmish inglizchani o‘rganishni bugunoq, hoziroq boshlamoqchi bo‘lsangiz, Registon o‘quv markazida qisqa muddatli maxsus dastur asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Sizdan harakat, bizdan natija!

IELTS sertifikatini qisqa muddatda olmoqchimisiz? Unda “Registon” o‘quv markazining maxsus til o‘rganish dasturi bilan tanishing!

O‘quv markazimizda til o‘rganish samarali va sinovdan o‘tgan maxsus bosqichlar bilan olib boriladi:

  • 1-bosqich – Beginner 1.5-2 oy;
  • 2-bosqich – Elementary 1.5-2 oy;
  • 3-bosqich – Pre-intermediate 3 oy;

4-bosqich – Intermediate 3 oy; 5-bosqich – IELTS 3 oy.

  • Har bir daraja tugatilganidan so‘ng barchadan imtihon olinadi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganlargina navbatdagi bosqichga o‘tadi. Ingliz tili darslari maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida birinchi bosqichda o‘zbek tilida, qolgan bosqichlarda ingliz tilida olib boriladi. Ustozlar mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etishi bilan birga o‘ta talabchandir. O‘quvchilarga muntazam ravishda uy vazifalari beriladi va tegishli tartibda baholanadi. E’tiborli jihati, bu baholarni ota-onalar ham kuzatib borishlari mumkin.

Nega aynan “Registon” o‘quv markazini tanlash lozim?

  • O‘rganuvchilar 6 oyda ingliz tilida erkin so‘zlasha oladi yoki intensiv guruhda 7 oyda noldan boshlab IELTS sertifikatini olishi mumkin;
  • O‘quv markazida maxsus dastur asosida psixologik treninglar o‘tkaziladi. Til o‘rganuvchilarning irodasizligi yoki maqsadlarining aniq emasligi, shunchaki tillarni o‘rganib qo‘yish niyatida bo‘lishlari ko‘p hollarda ularga pand beradi. Shuningdek, til o‘rganuvchilarda qat’iyat, o‘ziga ishonch, maqsad uchun kurashish ko‘nikmalari ham shakllantirib boriladi;
  • Fanning haqiqiy mutaxassislari bo‘lgan ustozlar jamoasi – til o‘rganishning mashaqqatlarini yaxshi tushungan, bu yo‘lda ko‘p shogirdlar yetishtirgan, yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat. IELTS saboqlaridan yuqori ballik IELTS sertifikatiga ega mutaxassislar dars berishadi;
  • Barcha sharoitlar mavjud dars xonalari. Til o‘rganish uchun yaratib berilgan sharoitlar o‘sha tilni mukammal o‘zlashtirishga yordam beradi. “Registon” o‘quv markazi sifatli ta’lim olishingiz uchun mana bunday ajoyib o‘quv xonalarni taqdim etadi:

Darslar qanday nazorat qilinadi?

“Registon” o‘quv markazidagi shinam dars xonalarining barchasi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan va dars jarayoni o‘quv markazi menejerlari tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. Bemorligi sabab darsga qatnasha olmagan o‘quvchilar qoldirilgan darsni o‘zlashtirishlari uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlarga kelishlari talab etiladi. Qolaversa, ota-onalar ham farzandlarining o‘quv jarayonlarida qanday qatnashayotganligini bevosita kuzatishlari mumkin.

Ota-onalar farzandlarining bilim darajasi o‘sishi haqida xabardor qilinadi.

Markazda har oy o‘tilgan mavzular yuzasidan darajani aniqlovchi imtihonlar tashkil etiladi. Ota-onalar farzandlarining bilimi qay darajadaligini bevosita ustoz va menejerlar orqali ma’lumot olishlari mumkin.

“Edu tizim student” va “Edu tizim parent” ilovalari

Edu tizim parent ilovasi orqali ota-ona farzandining darslarga kelgan yoki kelmaganini, baholarini, to‘lovlarini va har bir dars uchun yechilgan mablag‘larni kuzatib borishi mumkin. Ilova orqali to‘lov qilish bilan birga bevosita Registon o‘quv markazi rahbariyatiga shikoyat va takliflar yuborsa ham bo‘ladi. Student ilovasida ham ushbu imkoniyatlar mavjud. Qo‘shimcha ravishda o‘quvchi qanday vazifa olgani baholarini doim kuzatib boradi.

Til o‘rganuvchilar uchun quyidagilar bepul:

  1. Birinchi mashg‘ulot
  2. Eng yangi kitob va dars materiallari
  3. Haftaning yakshanba kunlari:
  • A) Movie club
  • B) Speaking club
  • C) Psychological training
  • D) IELTS MOCK EXAM

Bu imkoniyatlarning barchasi o‘quvchi tez va sifatli bilim olishi, yuqori natijalarga erishishi uchun xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida aytish lozimki, “Registon” o‘quv markazida abituriyentlar quyidagi fanlardan tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:

Ijtimoiy-gumanitar

  • Tarix
  • Ona tili va adabiyot
  • Ingliz tili

Iqtisodiyot

  • Matematika va informatika
  • Ingliz tili
  • Ona tili va adabiyot

Texnika

  • Matematika va informatika
  • Fizika
  • Ona tili va adabiyot / ingliz tili

Tabiiy

  • Kimyo
  • Biologiya
  • Ona tili va adabiyot

“Registon” o‘quv markazida ta‘lim olishni tanlagan o‘quvchilarning imtiyozlari:

  • 1-avgust test sinovlari uchun maxsus ruhan va aqlan tayyorgarlik;
  • Har oyning oxirida DTM andazasidagi mukammal test sinovlari;
  • Oylik imtihonda yuqori ball olgan qatnashchilar vaucher va sovg‘alar bilan taqdirlanadi;
  • 10±2 kishilik kichik guruhlardagi sifatli ta’lim;
  • Ikkinchi ustoz yordamida uzluksiz o‘quv mashg‘ulotlari