Innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini eʼlon qiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
Tanlovning asosiy maqsadi – respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, fan-taʼlim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlarning yangi gʻoya va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar natijalari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, real ehtiyojlari hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar www.grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2022-yilning 2-mayiga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Loyiha ijrochilarining tarkibi faqatgina xotin-qizlardan iborat boʻlishi, ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi, shuningdek ilmiy jamoada yosh olimalar, iqtidorli talaba va magistrantlar ishtirok etishi lozim
Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ilmiy darajaga ega xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Ijrochi tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi majlisining bayonidan koʻchirmada va loyihaning 4.6-bandida bajarilishi rejalashtirilgan ilmiy loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natija (yakuniy mahsulot, yangi ishlanma, texnologiya) quyidagi minimum talablarga javob berishi qayd etilishi (asoslab berilishi) lozim:
- aniq iqtisodiyot tarmogʻidagi yoki muayyan ijtimoiy sohadagi mavjud muammoning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilganligi (yillik talab/ehtiyoj aniq raqamlarda koʻrsatilishi lozim);
- mavjud/xorijiy (import) analoglari bilan taqqoslangan holda qiyosiy ustunligining mavjudligi (aniq raqamlarda koʻrsatilishi zarur);
- tijoratlashtirish/joriy etishdan olinadigan aniq iqtisodiy (ijtimoiy/amaliy) samaraning mavjudligi.
Tanlovga bajarilishi bir yilga moʻljallangan amaliy va innovatsion loyihalar qabul qilinadi. Bajarilishi bir yildan ortiq muddatlarga moʻljallangan ilmiy loyihalar dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
Loyiha rahbari tomonidan tanlovga faqat bitta loyiha taqdim etilishi mumkin. Agar loyiha rahbari tomonidan amalda ilmiy loyiha bajarilayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida bir turdagi ikkita loyihaga rahbar boʻlishiga ruxsat etilmaydi.
Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:
- ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yoʻllanma xat (.pdf);
- ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan koʻchirma (.pdf);
- amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qoʻyilgan holda pdf va .doc/.docx).
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qatʼiy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, koʻchirmachilikka (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaganligi, ushbu mavzu doirasida avval ilmiy loyiha bajarilmaganligi, tanlov talablari asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qoʻlga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq toʻliq asoslanganligi va soʻralgan mablagʻlarning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq toʻgʻri hisob-kitob qilinganligi boʻyicha dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar grant.mininnovation.uz elektron platformasida loyiha rahbarlarining shaxsiy kabinetlarida koʻrsatiladigan interaktiv xizmat orqali taqdim etib boriladi.
Rasmiy batafsil ma’lumotlar bilan BU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.
Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali elektron roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq texnik masalalar boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32, +998-90 989-92-94.