Innovatsion salohiyatni jalb etish maqsadida amaliy va innovatsion loyihalar milliy tanlovi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
Orol dengizining qurigan tubidagi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish maqsadida amaliy va innovatsion loyihalar milliy tanlovi
Tanlovning asosiy maqsadi – Orol muammosining salbiy taʼsirini kamaytirish asosida mintaqa aholisi turmush sharoiti va sifatini yaxshilash, Orol dengizining qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan urugʻ zahirasi mavjud boʻlgan tayyor oʻsimliklar yoki ekin turlari mavjud boʻlgan navlar ekilgan maydonlarini kengaytirish, hududda yerdan foydalanish samaradorligini oshirish, tuproq tarkibidagi tuzni kamaytirish va Orol tubida chorvachilikni rivojlantirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan samarador yangi texnologiyalar, innovatsion usul va vositalarga asoslangan eng yaxshi amaliy yechimlarni tanlab olishdan iborat.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablari doirasida bajariladigan amaliy va innovatsion loyihalar quyidagi amaliy yoʻnalishlarda ishlab chiqilishi lozim:
1-yoʻnalish: Orol dengizining qurigan tubining ekologik, tuproq-iqlim sharoitlariga moslashgan hayvon zotlari, urugʻ zahirasi mavjud boʻlgan tayyor oʻsimliklar yoki ekin turlari mavjud boʻlgan navlarni hudud tuprogʻining shoʻrlanganlik darajasi va maqbul biologik muhit talablariga mos tarzda ilmiy asosda joriy etish va manfatdorlikni asoslab berish.
Bunda quyidagi yoʻnalishlarda bajarilishi bir yilga moʻljallangan 20 ta innovatsion loyihaning har biriga (yoki mavjud/tayyor texnologiya (ishlanmani) joriy etishni (hududga moslashtirishni) va mahsuldorlikni koʻrsatib berishni nazarda tutuvchi ilmiy ishlanmaga 1,0 mlrd soʻmgacha grant mablagʻi ajratiladi:
а) “Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
b) “Biologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
2-yoʻnalish: biotexnologik usullar va genom texnologiyalar asosida hududning ekologik, tuproq-iqlim sharoitlariga moslashtirilgan oʻsimliklarning yangi mahalliy va xorijiy turlari va navlarini Orol dengizining qurigan tubi yerlariga ekish va kengaytirish orqali chorvachilik va oziq-ovqat xavfsizigini taʼminlashni amaliyotda koʻrsatib berish.
Bunda quyidagi yoʻnalishlarda bajarilishi 1 (bir) yilgacha moʻljallangan 5 ta amaliy loyihaning har biriga 1,0 mlrd soʻmgacha grant mablagʻi ajratiladi:
a) “Biotexnologiyalar” yoʻnalishi boʻyicha:
b) “Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
3-yoʻnalish: Orolboʻyi hududida qishloq xoʻjaligi ekinlarini qayta joylashtirish va ekishni tashkil etishning zamonaviy usul va agrotexnologiyalarini joriy etish.
Bunda quyidagi yoʻnalishlarda bajarilishi 1 (bir) yilgacha moʻljallangan 10 ta innovatsion loyihaning har biriga davlat byudjetidan 1,0 mlrd soʻmgacha grant mablagʻi ajratiladi:
a) “Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
b) “Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
v) “Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha:
4-yoʻnalish: Orol dengizining qurigan tubining oʻsimliklar qoplamini chuqur tadqiq etish asosida kamyob va endem oʻsimlik turlarini hamda shakllangan noyob oʻsimlik jamoalarini saqlab qolishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.
Bunda “Biologiya fanlari” yoʻnalishi boʻyicha bajarilishi 2 (ikki) yilgacha moʻljallangan 10 ta amaliy loyihaning har biriga davlat byudjetidan 1,0 mlrd soʻmgacha grant mablagʻi ajratiladi:
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
Tanlovda gʻolib deb topilgan loyihalar bevosita Orol dengizining qurigan tubi hududida amalga oshirilishi (chuqur ekspertimental laboratoriya tadqiqotlari mavjud zamonaviy laboratoriyalarda), natijalar hududning oʻzida sinab koʻrilishi (asoslab berilishi) lozim.
Tanlov shartlari (ilmiy loyihani shakllantirishga qoʻyiladigan talablar)
Tanlovga taqdim etiladigan Davlat ilmiy dasturlarining agona intellektual elektron platformasi – grant.mininnovation.uz orqali 2022-yilning 15-apreliga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.