Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

International Economics(Italy) Master’s degree : Magistratura bosqichida Grant asosida tahsil olish imkoniyati

24.08.2021 22:53
International Economics(Italy) Master’s degree : Magistratura bosqichida Grant asosida tahsil olish imkoniyati

Muddati:

14.09.2021

Davlat:

Italiya

Rasmiy havola:

en.unimib.it

Grant turi:

Magistratura

Italiyaning Milan shahridagi top universitetlardan biri- Milano-Bicocca universitetida magistratura bosqichi uchun kontrak to‘lovlari to‘liq qoplab beriluvchi International Economics (Xalqaro iqtisodiyot) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Nomzod uchun qo‘yilgan talablar:

  • Bakalavriat diplomiga ega bo‘lishi yoki shu yilning 23 dekabrigacha ega bo‘lishi talab etiladi;
  • Ushbu til sertifikatlaridan biri talab etiladi(BEC Vantage; BEC Higher; CAE; City&Guilds Pitman Qualifications; CPE; FCE; Academic IELTS; ETS-TOEFL; ETS-TOIEC )(bakalavriat bosqichidagi ta’limni ingliz tilida tahsil olgan bo‘lsa til sertifikati talab etilmaydi);

Eslatma: Yevro ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlat fuqorolari ushbu saytdan ro‘yxatdan o‘tishdan oldin bu yerdan onlayn ariza topshirishlari so‘raladi.

Qabul muddati:

  • Barcha talabalar uchun qabul 6-apreldan 14-sentabrga qadar ;

barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng nomzodlar intervyu qilinadi. Intervyu muddatlari:

  • May 7th 2021, 9 a.m. CET;
  • June 7th 2021, 2 p.m. CET;
  • July 1st 2021, 9 a.m. CET;
  • July 23rd 2021, 2 p.m. CET;
  • September 6th 2021, 9 a.m. CET;
  • September 17th 2021, 2 p.m. CET;
  • September 20th 2021, 9 p.m. CET;
  • September 21st 2021, 2 p.m. CET;

Covid19 sababli barcha intervyular onlayn tarzda o‘tkaziladi Skype orqali buning uchun ushbu emailga bo‘g‘laning.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun universitetning ushbu web sahifasiga murojaat eting hamda quyidagima’lumotlarni joylang:

  • Shaxsiy ma’lumotlar;
  • Turar joyi;
  • Telefon raqam hamda e-mail;

Shundan so‘ng nomzodga username hamda password beriladi va bular bilan birgalikda ushbu sayt orqali kerakli quyidagi hujjatlarni saytga joylaydilar:

  • ID yoki Passport;
  • 300x400 pixel o‘lchamdi rasm;
  • Bakalavriat diplomi(Italian yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda);
  • CV;
  • Til sertifikatlari hamda boshqa har qanday til malakasini belgilovchi qo‘shimcha sertifikatlar ham joylashlari mukin;

Batafsil kerakli hujjatlar bilan bu yerdan tanishing.

Barcha natijalar intervyudan so‘ng ushbu saytda e’lon qilinadi.

Teglar