Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

IES Program - barcha talabalar uchun Germaniyada to‘liq va qisman moliyalashtiriluvchi almashinuv dasturi

2.04.2022 23:13
IES Program - barcha talabalar uchun Germaniyada to‘liq va qisman moliyalashtiriluvchi almashinuv dasturi

Muddati:

15.06.2022

Davlat:

Germaniya

Rasmiy havola:

en.copernicusberlin.de

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

International Excellence Scholarship Program (IES) - Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi talabalarga bir semestr davomida bepul Germaniyada o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.

Ushbu dasturga qabul qilingan talabalar Germaniyaning eng yaxshi universitetlarida (HU Berlin, FU Berlin, HWR Berlin, Potsdam universiteti) o‘qiydilar. 6 oy davomida nemis tilida so‘zlashuvchi oilalar bilan yashash, shuningdek, madaniy tadbirlar va ijtimoiy uchrashuvlar orqali nemis madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Dasturda qatnashish uchun ingliz yoki nemis tilini yaxshi bilish talab etiladi. Arizalar qishki semestr uchun 1-oktyabrdan 15-dekabrgacha qabul qilinadi. Yozgi semestr uchun esa 1-apreldan 15-iyungacha ariza topshirish mumkin.

Dasturning foydali tomonlari.

IES dasturi bo‘yicha COPERNICUS BERLIN to‘liq va qisman moliyalashtiriluvchi grantlarni taklif qiladi.

To‘liq moliyalashtiriluvchi grant. Dastur ishtirokchilarining quyidagi xarajatlarini qoplaydi:

  • Ularga bir martalik kutib olish puli (350 yevro )va har oyda cho‘ntak puli (1080 yevro)beriladi;
  • Sayohat va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplab beriladi;
  • 1 semestr bepul o‘qiydilar va sug‘urtalash, dastur davomidagi ta’lim safarlari, tadbirlar, til kurslari va turar joy uchun to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri COPERNICUS BERLIN tomonidan to‘lanadi;

Qisman moliyalashtiriluvchi grant . Bunda COPERNICUS BERLIN dastur ishtirokchilarining quyidagi xarajatlarini qoplaydi:

  • Ularga bir martalik kutib olish puli va har oyda cho‘ntak puli beriladi;
  • 1 semestr bepul o‘qiydilar va sug‘urtalash, dastur davomidagi ta’lim safarlari, tadbirlar, til kurslari va turar joy uchun to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri COPERNICUS BERLIN tomonidan to‘lanadi; Bunda safar va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplab berilmaydi.

Barcha ishtirokchilar universitetda bepul o‘qiydi, 8 haftalik amaliyot o‘taydilar va bu bo‘yicha ham kerakli maslahatlar beriladi. Eng asosiysi, nemis oilalari tomonidan bepul turar joy bilan ta’minlanadilar.

Talablar:

  • Nomzodlar Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Bosniya va Gertsegovina, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kosovo, Moldova, Mo‘g‘uliston, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukrain, O‘zbekiston kabi davlatlardan biri bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichida o‘qiyotgan bo‘lishi;
  • 28 yoshdan katta bo‘lmasligi;
  • Nemis tilidan kamida B1 yoki ingliz tilidan B2 darajaga ega bo‘lishi;
  • Ijtimoiy jihatdan faol bo‘lishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

  • CV;
  • Maktab baholari va uning ingliz yoki nemischa tarjimasi;
  • Universitet baholari va uning ingliz yoki nemischa tarjimasi.

ESLATMA! Hujjat topshirishda til sertifikati topshirish talab etilmaydi. Nomzodlar sertifikatsiz ham intervyu davomida o‘zlarini ko‘rsatib dasturga qabul qilinishlari mumkin.

Ariza topshirish SHU LINK orqali amalga oshiriladi.

Ariza topshirish haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.

Yakuniy natijalar quyidagi vaqtgacha e’lon qilinadi:

  • 1-may - 10 may (qishki semestr uchun)
  • 1-noyabr - 10 noyabr (yozgi semestr uchun)

Dastur haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.