Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rossiyada Ulyanovsk shahrida barcha faol yoshlar uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi Xalqaro yoshlar Forumida qatnashish imkoniyati

8.10.2021 16:17
Rossiyada Ulyanovsk shahrida barcha  faol yoshlar uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi Xalqaro yoshlar Forumida qatnashish imkoniyati

Muddati:

15.10.2021

Davlat:

Rossiya

Rasmiy havola:

youthrussia.ru

Grant turi:

Konferensiya

Umumiy Ma’lumotlar:

MDHga a’zo davlatlarning birinchi Xalqaro Yoshlar Forumining a’zosi bo‘ling!

Tadbir Rossiya Federatsiyasida fan va texnika yiliga bag‘ishlanadi va unda 100 ta ishtirokchi - Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan (O‘zbekiston ham kiradi) SDG dasturini ilgari surish va amalga oshirishda faol ishtirok etadigan vakillar yig‘iladi.

Qachon? 1-3 noyabr kunlari offlayn tarzda bo‘lib o‘tadi;

Qayerda? Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk shahrida;

Rasmiy dastur tili: Forum Rus tilida olib boriladi;

Eslatma : Barcha xarajatlar qoplanadi;

Forum Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi, Rossiya yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi va MDHga a’zo davlatlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha asosiy tashkiloti (RTU MIREA) ko‘magida o‘tkaziladi.

Barcha qiziqqan nomzodlar 2021 yil 15 oktyabrga qadar Moskva vaqti bilan 23:59 gacha onlayn arizani rus tilida to‘ldirishlari zarur.

Batafsil BU YERDA bilib oling!