Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMT da amaliyot o‘tash imkoniyati

30-sentabr 01:06
Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMT da amaliyot o‘tash imkoniyati

Muddati:

24.08.2022

Davlat:

Shveysariya

Rasmiy havola:

careers.un.org

Grant turi:

Internship

Shveytsariyaning Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotida magistratura va doktorantura bosqichi talablari uchun amaliyot o‘tash imkoniyati. Amaliyot o‘tash muddati 3 oydan 6 oygacha davom etadi. Dastur davomida talabalar BMT dagi kuchli mutaxassislar bilan birga ishlash va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Talablar:

  • Nomzodlar hozirda magistratura/doktorantura bosqichida o‘qiyotgan bo‘lishi yoki yakunlagan bo‘lishi lozim;
  • Ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Fransuz tilini bilish ustunlik beradi;
  • MS kompyuter dasturlarida ishlay olishi lozim;
  • Kirishuvcha, intiluvchan va mas’uliyatli bo‘lsihi shart;
  • Ish tajriba talab etilmaydi.

Dasturga ariza topshirish bepul. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va dunyo miqiyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan BMT da amaliyot o‘tash imkonitiga ega bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerga kiring.

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali bilib olishingiz mumkin.