Janubiy Kaliforniya shtatida Natural Language Processing bo‘yicha oylik to‘lanadigan yozgi amaliyot dasturi
Muddati:
28.01.2021
Davlat:
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Rasmiy havola:
Grant turi:
Internship
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
USC University of Southern California oliygohi tabiiy tillarni qayta ishlash, mashina oʼrganish, statistik modellashtirish, kompyuter lingvistikasi va mashina tarjimasi boʼyicha loyihalarni ishlab chiqishda yordam berish uchun malakali va bilimga ega bakalavr va magistratura talabalarini amaliyotga jalb qilmoqda.
Ushbu amaliyot pullik stajirovkalardan biridir. Amaliyotchilar 2022-yilning yozida uch oylik (12 hafta) muddatda amaliyot olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyotlar, iloji bo‘lsa, Marina del Reyda o‘tkaziladi, ammo COVID-19 cheklovlari tufayli ular virtual amaliyot bo‘lishi mumkin. Agar virtual bo‘lgan taqdirda ham, stajyorlar amaliyot davomida AQShda yashashlari kerak.
Ishirokchilardan yaxshi dasturlash ko‘nikmalari talab qilinadi, lekin tabiiy tilni qayta ishlash bo‘yicha oldingi tajriba shart emas. Amaliyotchilar uchun yozning boshida tegishli mavzular bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarini taqdim etiladi.
Dastur yo‘nalishlari:
Machine Learning and Data Science;
Internet and Networked Systems;
Cybersecurity Research and Experimentation
Talablar:
- Nomzod universitetning bakalavr yoki magistratura talabasi bo‘lishi kerak;
- Yaxshi dasturlash ko‘nikmalari talab etiladi;
- Ingliz tilini mukammal darajada bilishhi darkor.
Imtiyozlar:
- Amaliyotchilar yashash xarajatlarini qoplash uchun yetarli darajada oylik maoshga ega bo‘ladi.
Ariza topshirish uchun shu yerga o‘ting.
Kerakli hujjatlar:
- CV;
- Statement, ya’ni nega dasturda qatnashmoqchiligi aks etgan bayonnoma;
- Tavsiyanoma va tavsiya beruvchilarning email manzillari.
Eng ko‘p beriladigan savollar va javoblari bilan tanishish uchun shu yerga o‘ting.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: intern-program@isi.edu