Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Islamic Cooperation Youth Forum: ICYF onlayn amaliyot dasturi seritifikatlar beriladi

15.09.2021 18:23
Islamic Cooperation Youth Forum: ICYF onlayn amaliyot dasturi seritifikatlar beriladi

Muddati:

19.09.2021

Rasmiy havola:

www.icyforum.org

Grant turi:

Internship

Islamic Cooperation Youth Forum: ICYF o‘zining ICYF Internship onlayn amaliyot dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur orqali nomzodlar turli xil sohalarda bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishadi . Ular universitetlarda olgan nazariy bilimlarini qanday qilib hayotda amaliyotda ishlatish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Dastur yakunida to‘liq qatnashgan hamda faol nomzodlarga CV portfoilolari uchun sertifikatlar taqdim etiladi:

Dasturning manfaatli jihatlari:

  • ICYF ning tuzilmasini o‘rganib olish imkoniyati;
  • Xalqaro darajada siyosiy bilimlarni o‘stirish;
  • Bizness, aloqa hamda boshqaruv malakalariga ega bo‘lish;
  • O‘ziga bo‘lgan ishonchning o‘sishi;

Eslatma: Dastur 2 shaklda bo‘lib o‘tadi: Offlayn( ICYF Bosh officida : Istanbul World Trade Center, A3 Block 7th floor, Yeşilköy/Istanbul) hamda onlayn tarzda; Dastur 01.10.2021-31.02.2021 muddat oralig‘ida bo‘lib o‘tadi;

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Yosh 18-35;
  • Oliy ta’limda tahsil olayotgan bo‘lishi;
  • Ingliz tili darajasi a’lo bo‘lishi kerak hamda arab va fransuz tillarini bilish ustunlik beradi;
  • MS office dasturlarini bilishi;

Muhim: Oxirgi muddat:19.09.2021. Faqatgina 2 - bosqichga o‘tgan nomzodlardangina intervyu olinadi;

Batafsil savollar yuzasidan bu yerga murojaat eting.