IT Park va Ucell tomonidan startaplar uchun korporativ akselerator
30.10.2021 13:01

Maqsad qoʻyish va yangi orzularni amalga oshirish uchun hech qachon kech emas– Registon o‘quv markazi
IT Park Ucell bilan hamkorlikda o‘z loyihalarini amalga tatbiq etish va to‘laqonli kompaniya darajasigacha rivojlantirish maqsadida bo‘lgan startaplar uchun akselerator tashkil etmoqda.
Akselerator startaplarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Ucell yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek O‘zbekistondagi ilg‘or tadbirkorlar tomonidan sohaviy ekspertiza;
- Qo‘llab-quvvatlash sifatida Ucell tomonidan texnik baza;
- Hamkorlik uchun keng tanlovlar;
- Startap rivojlanishida yordamchi vazifasini o‘tovchi shaxsiy treker;
- Kuchli jamoatlar yordamida bebaho netvorking hamda mutlaqo bepul dasturlarga ega bo‘lasiz.
Akseleratorda ishtirok etish uchun jamoalarni tanlashda qanday mezonlar mavjud?
- G‘oyaning o‘ziga xosligi;
- Mahsulotning afzalligi;
- Mavjud texnologiyalar yordamida g‘oyani amalga oshirish qanchalik osonligi;
- Jamoa a’zolarining zarur kasbiy ko‘nikmalarining mavjudligi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerga kiring.
Akselerator haqida batafsil ma’lumot shu yerda berilgan.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Microsoft Cloud & Data scholarship: IT yo‘nalishiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun 150ta to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi
30.03.2022 22:46
IT Park tomonidan “mGov Sirdarya” mobil rivojlantirish tanlovi!
10.11.2021 14:36
Sovrin jamg‘armasi 20 000$ bo‘lgan “IT Park Cup” onlayn chempionatining ikkinchi mavsumi. G‘oliblar Dubayga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi
31.10.2021 10:03
"STUDENTS CUP" 2021 tanlovi: Sovrin jamgʻarmasi 20 000 dollar
26.10.2021 13:08