Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri g‘oliblari aniqlandi!

14-oktabr 04:50
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri g‘oliblari aniqlandi!

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqada yana bir bor o‘z chempionligini munosib himoya qildi. Ular 2023-yilda ham g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Uch yildan buyon sovrindor bo‘layotgan va ketma-ket ikki yildan buyon chempionlikni hech kimga bermayotgan ushbu jamoaga qoyil qolish mumkin!

Sovrinli o‘rinlarni egallagan jamoalar:

  • 1-o‘rin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
  • 2-o‘rin: Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat jamoasi
  • 3-o‘rin: Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi

Ushbu o‘quvchilarning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi. Shuningdek, bu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihonlarsiz qabul qilinadi