Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” doirasida “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi oʻtkazilishi eʼlon qilingan.
Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi:
- “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
- “Eng yaxshi blogpost uchun”;
- “Adliya eʼtirofi”.
Kimlar qatnasha oladi:
- Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi barcha fuqarolari, xususan, jurnalist va blogerlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov shartlari:
Tanlovga taqdim etiladigan materiallar 2022 yil 1 yanvardan 2022 yil 20 martga qadar bosma yoki elektron OAVda, teleradiokanallarda yoki shaxsiy bloglarda eʼlon qilingan boʻlishi lozim.
Bunda xotin-qizlar huquqlari masalalari, yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar yoritilishi zarur.
Ilmiy ishlar, seminar, trening, konferensiya, davra suhbatlari uchun tayyorlangan maʼruzalar, slaydlar, yirik janrdagi badiiy asarlar (qissa, roman, doston) qabul qilinmaydi.
Har bir ishtirokchidan koʻpi bilan 3 tagacha material qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjat va materiallarni 2022 yil 11 martdan 25 martga (oʻsha kuni ham) qadar @tanlovadliyabot telegram botiga yuborish talab etiladi:
1. Ishtirokchi haqida maʼlumot
2. Ishtirokchining fotosurati
3. Tanlovda ishtirok etuvchi material (Word dasturida yozilgan matn yoki audio/video/fotofayl, faylning oʻzi yoki u joylangan sayt/fayl manbasiga havola)
Eslatma: Barcha materiallar eʼlon qilinganligi toʻgʻrisida skrinshot, pdf-nusxa, havola bilan tasdiqlanishi kerak.
Tanlovga yuborilgan materiallar mavzuga toʻgʻri va xolis yondashilganligi, mazmuni va taʼsirchanligi, dolzarbligi bilan bir qatorda sodda va tushunarli ekanligi, mavzuga doir faktlardan oʻrinli va unumli foydalanilganligi kabi mezonlar asosida hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi.
Har bir nominatsiya boʻyicha 1 nafar ishtirokchi gʻolib deb topilib, “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” loyihasini yakunlash arafasida eʼlon qilinadi hamda diplom va quyidagi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun - televizor;
- Eng yaxshi blogpost uchun - blender toʻplami;
- Adliya eʼtirofi - multivarka.
Batafsil Ma’lumotlarni BU YERDAN topishingiz mumkin.